» » Mosulda Rossiya fuqarosi deb taxmin qilinayotgan IShID yetakchilaridan biri yo‘q qilindi

Mosulda Rossiya fuqarosi deb taxmin qilinayotgan IShID yetakchilaridan biri yo‘q qilindi


G‘arbiy Mosuldagi operatsiya vaqtida Iroq harbiylari tomonidan Rossiya fuqarosi deb taxmin qilinayotgan IShID dala qo‘mondonlaridan biri o‘ldirildi. Bu haqda Mosul kampaniyasiga jalb etilgan federal politsiyaga rahbarlik qiluvchi general Raid Shokir Javdat ma’lum qildi, deb xabar beradi “TASS”.

Ma’lum qilinishicha, IShID qo‘mondonligining Abu Hajr ar-Rusiy taxallusli a’zosi G‘arbiy Mosulning As-Saura tumanida radikallar marralariga berilgan zarbalar natijasida halok bo‘lgan.

Hujumlar doirasida harbiylar IShIDning Mosuldagi “sog‘liqni saqlash departamenti” ustidan ham nazoratni qo‘lga olishga muvaffaq bo‘ldi.

IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (18-04-2017, 21:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 86) ( 0) ( 85) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют