» » O‘zbekistonda koronavirusdan sog‘ayganlar soni 1800 kishidan oshdi. Yangi sog‘ayganlar orasida Qozog‘iston fuqarosi bor

O‘zbekistonda koronavirusdan sog‘ayganlar soni 1800 kishidan oshdi. Yangi sog‘ayganlar orasida Qozog‘iston fuqarosi bor


O‘zbekistonda 9-may kuni soat 15:40 holatiga ko‘ra 28 kishi koronavirusdan sog‘aydi. Sog‘liqni saqlash vazirligidan ma’lum qilishlaricha, 9-may davomida Farg‘onada besh kishi, Xorazmda 10 kishi, Toshkent shahrida 13 kishi kasallikdan tuzalib, reabilitatsiyaga kuzatilgan.

Farg‘onada sog‘ayganlarning uch nafari Rossiyadan, ikki nafari esa Germaniya—Rossiya—Qozog‘iston uzoq masofaga qatnovchi xalqaro yuk avtomashinasida kelgan va karantinga olingan, kasallik aniqlangach, shifoxonaga yotqizilgan. Bari erkak, uch nafari Farg‘onadan, ikki nafari Buxorodan. Eng kattasi 57 yoshda, eng kichigi 35 yoshda. Farg‘onada viloyatida koronavirusdan sog‘ayganlar soni 136 nafarga yetdi.

Xorazmda sog‘ayganlarning to‘qqiz nafari Rossiyadan charter reys bilan olib kelingan va karantinga olingan, koronavirus tasdiqlangach, shifoxonaga joylashtirilgan. Bir fuqaro esa kasallikni koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda yuqtirib olgan. Ularning ikki nafari Namangandan, Qoraqalpog‘iston, Xorazm, Jizzax, Samarqand, Farg‘ona, Toshkent, Sirdaryo va Surxondaryodan bir nafardan; 8 nafari erkak, 2 nafari ayol, eng kattasi 53 yoshda, eng yoshi 22 da. Xorazm viloyatida koronavirusdan sog‘ayganlar soni 178 nafarga yetdi.

Toshkent shahridagi Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklari ilmiy-tekshirish instituti klinikasida tuzalgan 27 yoshli erkak Qoraqalpog‘istondan; u Qozog‘istondan kelgan va karantinga olingan, koronavirus aniqlangach, klinikaga yotqizilgan.

Toshkentdagi Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti klinikasida tuzalganlarning to‘rt nafari erkak, ikki nafari ayol bo‘lib, bir nafari Rossiyadan, ikki nafari Qozog‘istondan kelgan va karantinga olingan. Koronavirus aniqlangach, klinikaga yotqizilgan. Qolgan uch nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqot orqali kasallikni yuqtirib olgan. Hududlar kesimida oladigan bo‘lsak, Toshkent shahridan ikki nafar, Qozog‘iston Respublikasi, Xorazm, Toshkent va Namangan viloyatlaridan bir nafardan. Eng kattasi 43 yoshda, eng yoshi kichigi 18 yoshda.

Toshkent tibbiyot akademiyasi ko‘p tarmoqli klinikasida shifo topganlarning barchasi Toshkent shahridan; ikki nafari Rossiyadan, bir nafari esa Turkiyadan kelgan va karantinga olingan, koronavirus aniqlangach, klinikaga yotqizilgan. Qolgan uch nafari esa koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda kasallikni yuqtirib olgan. To‘rt nafari erkak, ikki nafari ayol, eng kattasi 45 yoshda, eng kichigi 18 yoshda. Toshkentda koronavirusdan sog‘ayganlar soni 561 nafarga yetdi.

“Ayni paytga qadar mamlakatimiz bo‘ylab koronavirus infeksiyasidan butunlay sog‘ayganlar 1803 nafarga yetdi”, — deyiladi O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi axborotida. Ma’lumot uchun, jami kasallanganlar soni 2349 nafarga yetgan, kasallik oqibatida 10 kishi vafot etgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (9-05-2020, 18:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 63) ( 0) ( 61) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют