» » K-Liga. Janubiy Koreya chempionatidagi o‘zbek duelida Jamshid Iskandarov jamoasi g‘alaba qozondi (video)

K-Liga. Janubiy Koreya chempionatidagi o‘zbek duelida Jamshid Iskandarov jamoasi g‘alaba qozondi (video)


Futbol bo‘yicha Janubiy Koreya chempionatining 1-turida “Kvanju” va “Sonnam” jamoalari 9-may, shanba kuni o‘zaro bahs olib bordi.

Rustam Ashurmatov va Jamshid Iskandarov jamoalari qarama qarshiligida sonnamliklarning qo‘li baland keldi. Yan Don Hyon 4 va 12-daqiqalarda maydon egalari darvozasini ishg‘ol qilgan holda “Sonnam”ning g‘alabasini ta’minladi. Uchrashuvda o‘zbekistonlik futbolchilar to‘liq harakat qildi.

Shu tariqa, Iskandarov K-Ligadagi debyutini g‘alaba bilan boshladi.

10-may kuni yana ikki nafar o‘zbekistonlik futbolchi harakat qilayotgan klublar o‘z o‘yinini o‘tkazadi. Doston Tursunov jamoasi “Pusan Ay Park” safarda “Poxang Stilers”ga qarshi bahs yuritsa, Ikrom Aliboyev klubi “Seul” “Kanvon” mehmoni bo‘ladi.

K-Liga

1-tur bahslari

9-may, shanba

Gollar: 1:0 — 8 Junior Negao, 2:0 — 45, penalti Junior Negao, 3:0 — 51 Li San Hon, 4:0 — 75 Yun Bit Garam.

Gollar: 0:1 — 4 Yan Don Hyon, 0:2 — 12 Yan Don Hyon.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (9-05-2020, 18:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 97) ( 0) ( 95) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют