» » Shavkat Mirziyoyev Chilonzorda qurilgan shahar 2-perinatal markazini borib ko‘rdi

Shavkat Mirziyoyev Chilonzorda qurilgan shahar 2-perinatal markazini borib ko‘rdi


Davomi: Shavkat Mirziyoyev: Koronavirus pandemiyasi ko‘zimizni ochdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev 9-may kuni Toshkentning Chilonzor tumanida barpo etilgan 2-perinatal markazni borib ko‘rdi, deya xabar bermoqda davlat rahbarining matbuot xizmati.

Qayd etishlaricha, markaz binosi innovatsion qurilish materiallari asosida, energiya tejamkor qilib barpo etilgan. Uning birinchi qavatida ko‘p tarmoqli poliklinika, yuqori qavatlarida bemorlar xonasi va umumiy amaliyot xonalari, jumladan, chaqaloqlar reanimatsiyasi bo‘limi joylashgan. Bu yerda bir vaqtning o‘zida 140 bemorni davolash mumkin.

Prezident markazda yaratilgan sharoitlar bilan tanishib, onlayn poliklinika dasturi orqali shifokorlar bilan muloqot qilgan. Masofaviy texnologiyalarni tuman shifoxonalari, qishloq poliklinikalarida ham bosqichma-bosqich joriy etish, tibbiyot xodimlari va aholini undan foydalanishga o‘rgatish bo‘yicha ko‘rsatmalar bergan.

“Perinatal markazning 100 o‘rinli majlislar zalida yurtimiz va xorijdagi mutaxassislar bilan videokonferensiyalar o‘tkazish imkoniyati yaratilgan. Davlatimiz rahbari mazkur zalni ko‘zdan kechirdi. Har bir klinikaning chet elda hamkori bo‘lishi kerakligini ta’kidladi”, — dedi Prezident Shavkat Mirziyoyev.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (9-05-2020, 18:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 61) ( 0) ( 60) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют