» » Shavkat Mirziyoyev: Har uch o‘zbekistonlikdan biri qo‘liga qurol olib, fashizmga qarshi jang qilgan

Shavkat Mirziyoyev: Har uch o‘zbekistonlikdan biri qo‘liga qurol olib, fashizmga qarshi jang qilgan


Shu vaqtgacha Ikkinchi Jahon urushida 1,5 millionga yaqin o‘zbekistonlik qatnashgan, deb hisoblanar edi. Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekistonning G‘alabaga qo‘shgan to‘liq hissasini aniqlash yo‘lida olib borilgan so‘nggi ilmiy izlanishlar natijalariga tayanib ma’lum qilishicha, O‘zbekistondan 1 million 951 mingga yaqin kishi urushga safarbar etilgan.

“Shu vaqtga qadar urush boshlangan paytda yurtimiz aholisi 6 million 551 ming kishini tashkil etgan va ularning 1 million 500 mingga yaqini urushda ishtirok etgan, deb hisoblanardi. Yangi ma’lumotlarga ko‘ra, O‘zbekistondan 1 million 951 mingga yaqin kishi urushga safarbar etilgan. Demak, har uch nafar o‘zbekistonlikdan bittasi qo‘liga qurol olib, fashizmga qarshi jang qilgan”, — dedi Shavkat Mirziyoyev 9-may kuni tashkil etilgan tantanali marosimdagi nutqida.

“Ayovsiz janglarda mardona qatnashgan qariyb 451 ming nafar yurtdoshimizning nomlari va taqdiri shuncha yillar mobaynida e’tibordan chetda qolib kelganini albatta adolatdan, deb bo‘lmaydi. Shuningdek, o‘sha davrda ‘quloq’ sifatida boshqa o‘lkalarga surgun qilingan 59 mingdan ortiq vatandoshimiz ham harakatdagi armiyaga safarbar etilgani ma’lum bo‘ldi”, — dedi O‘zbekiston davlat rahbari.

Shavkat Mirziyoyevning qo‘shimcha qilishicha, “ilgari 396 ming nafar O‘zbekiston fuqarosi urushda halok bo‘lgan, deb aytilardi, aslida bu raqam 538 mingdan ziyod bo‘lgan”. Bundan tashqari, frontda bedarak yo‘qolganlar haqidagi ma’lumotlar ham, Prezidentning ta’kidlashicha, to‘liq bo‘lmagan — hozirgi vaqtda 158 mingdan ko‘proq o‘zbekistonlik urushda bedarak ketgani aniqlangan.

Prezidentning so‘zlariga ko‘ra, ushbu yangi ma’lumotlar “ilgari yopiq bo‘lgan arxiv hujjatlarini, ilmiy jamoatchilik uchun ma’lum bo‘lmagan materiallarni” o‘rganish, sobiq Ittifoq respublikalari va chet ellardagi arxiv tashkilotlari, muzeylar va fondlar, tarixchi olimlar va mutaxassislar, keng jamoatchilik bilan hamkorlikni kuchaytirish natijasida olingan.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (9-05-2020, 19:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 83) ( 0) ( 82) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют