» » Surxondaryoda Nexia daraxtga urilishi oqibatida yo‘lovchi vafot etdi

Surxondaryoda Nexia daraxtga urilishi oqibatida yo‘lovchi vafot etdi


Surxondaryo viloyatida 8-may kuni Nexia avtomobili daraxtga urilishi oqibatida yo‘lovchi qurbon bo‘ldi. Bu haqda YHXBB xabar berdi.

Yo‘l-transport hodisasi soat 13:00 larda Sho‘rchi tumani “Oqkamar” mahallasi hududidan o‘tuvchi Oltinsoy—Sho‘rchi yo‘nalishidagi 4K-592 avtomobil yo‘lining 8-kilometrida sodir bo‘lgan. 1998-yilda tug‘ilgan O‘.Q. Nexia’ni haydab ketayotganda rul boshqaruvini yo‘qotib, yo‘lning o‘ng chetidagi daraxtga borib urilgan.

YTH oqibatida Nexia yo‘lovchisi 1990-yilda tug‘ilgan A.X. og‘ir tan jarohati olib, voqea joyida vafot etgan.

Mazkur YTH yuzasidan Sho‘rchi tuman IIB huzuridagi TB tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

Sho‘rchidagi YTH ham hisobga olinsa, joriy haftada YHXBB va Tergov qo‘mitasi bergan ma’lumotlar bo‘yicha, avtomobillar ishtirokidagi avariyalar oqibatida vafot etganlar soni 11 nafarga yetdi.

4-may kuni Samarqandning Urgut tumanida “Jiguli” va yuk mashinasi to‘qnashishi oqibatida 22 yoshli ayol va uning 2 yoshli bolasi, Qashqadaryoning G‘uzor tumanida Lacetti asfalt yotqizish mashinasiga urilishi oqibatida 31 yoshli haydovchi, 5-may kuni Navoiy viloyatining Navoiy shahrida Nexia-3 avtomobili svetoforning qizil chirog‘idan katta tezlikda o‘tib, simyog‘ochga urilishi oqibatida 26 yoshli haydovchi, Sirdaryoning Sayxunobod tumanida Matiz kanalga tushib ketishi oqibatida 31 yoshli haydovchi hamda uning 30 va 22 yoshli yo‘lovchilari, Qoraqalpog‘istonning Beruniy tumanida Nexia avtobusga urilishi oqibatida 48 yoshli haydovchi, Qashqadaryoning Kasbi tumanida Cobalt yuk mashinasining ortidan borib urilishi oqibatida 53 yoshli haydovchi, Jizzaxda Cobalt haydovchisi boshqaruv vaqtida uxlab qolishi oqibatida 31 yoshli haydovchi vafot etgandi.

Mavzuga doir:O‘zbekistonda bir hafta ichida odam o‘limi bilan yakunlangan 7 ta YTHdan 5 tasi Surxondaryoda sodir bo‘ldi

27-aprel kuni aynan shu yo‘l — 4K-592 avtomobil yo‘lining 9-kilometrida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasi oqibatida ham Nexia yo‘lovchisi vafot etgandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (9-05-2020, 19:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 76) ( 0) ( 75) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют