» » Ikkinchi Jahon urushi vaqtida O‘zbekistonga 250 mingdan ziyod bola evakuatsiya qilingan

Ikkinchi Jahon urushi vaqtida O‘zbekistonga 250 mingdan ziyod bola evakuatsiya qilingan


Yangi aniqlangan ma’lumotlarga ko‘ra, Ikkinchi Jahon urushi vaqtida urush o‘chog‘iga aylangan o‘lkalardan O‘zbekistonga 1,5 million kishi, jumladan, 250 mingdan ziyod bola evakuatsiya qilingan. Bu haqda Prezident Shavkat Mirziyoyev 9-may kuni bo‘lib o‘tgan tantanali marosimda aytib o‘tdi.

“Xalqimiz bu odamlarning barchasiga chinakam mehr va e’tibor ko‘rsatdi, so‘nggi burda nonini ham ular bilan baham ko‘rib, yuksak insonparvarlik fazilatlarini namoyon etdi”, — dedi Prezident Shavkat Mirziyoyev.

Olib borilgan ilmiy izlanishlar tufayli jangovar orden va medallar bilan mukofotlangan O‘zbekiston vakillarining soni bo‘yicha ham oydinlik kiritilgan. Shu paytga qadar bu ko‘rsatkich 120 ming nafar deb qayd etilardi. Yangi ma’lumotlarga asosan, 200 mingdan ziyod o‘zbekistonlik askar va ofitserlar jangovar davlat mukofotlari bilan taqdirlangan.

“Jumladan, ilgari 280 nafar deb hisoblab kelingan o‘zbekistonlik Sovet Ittifoqi Qahramonlarining soni 301 nafar ekani, 70 nafar yurtdoshimiz uchala darajadagi Shon-sharaf ordeniga sazovor bo‘lgani hujjatlar orqali o‘z tasdig‘ini topdi”, — dedi Prezident.

Bundan tashqari, yangi ma’lumotlarga ko‘ra, urush yillari O‘zbekistondagi 300 ga yaqin korxonada harbiy mahsulotlar ishlab chiqarilgan. Shu davrda front hududlaridan O‘zbekistonga 151 ta zavod ko‘chirib keltirilgan.

Prezident o‘zi nutqida “mana shunday bebaho haqiqatni yuzaga chiqarib, adolatni qaror toptirishga” hissa qo‘shgan o‘zbekistonlik tarixchi olimlar, ilmiy va ijodkor ziyolilarga katta rahmat aytdi. Ayni vaqtda ularni bu boradagi izlanishlarni davom ettirishga, yangi tarixiy ma’lumotlarni har yili 9-may arafasida alohida kitob holida nashr etishga chaqirdi.

Mavzuga doir: Shavkat Mirziyoyev: Har uch o‘zbekistonlikdan biri qo‘liga qurol olib, fashizmga qarshi jang qilgan



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (9-05-2020, 19:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 86) ( 0) ( 83) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют