» » Google va Facebook xodimlari yil oxiriga qadar masofadan turib ishlashi mumkin

Google va Facebook xodimlari yil oxiriga qadar masofadan turib ishlashi mumkin


Google va Facebook kompaniyalari koronavirus pandemiyasi sabab xodimlarining aksariyatini yil oxiriga qadar masofadan turib ishlatishni rejalashtirmoqda. Kompaniya bu boradagi tegishli xatlarni o‘z xodimlariga jo‘natishni boshlagan, deb xabar beradi BBC.

Google rahbariyati o‘z xodimlariga ular kamida 2020-yilning oktabrigacha yoki 2021-yilning boshiga qadar masofadan turib ishlashlari to‘g‘risida xat yuborgan.

Facebook ham xuddi shu kabi qarorga kelgan. Kompaniyaning ma’lum qilishicha, xodimlar 2020-yil oxiriga qadar uyda qolishi mumkin.

Mazkur kompaniyalarga qarashli ofislarning aksariyati 6-iyuldan oldin ochilmaydi. Shu bilan birga, Facebook vakilining so‘zlariga ko‘ra, hozircha qaysi xodimlarning ofisdan turib ishlashi noma’lum. Ofislarda kasallikning oldini olish uchun xavfsizlik choralari kuchaytiriladi.

Avvalroq Google koronavirus tufayli o‘z xodimlariga uydan ishlashni tavsiya qilgani, Apple rahbari ham ishchilarga uydan ishlashga ruxsat bergani, Yaponiyada davlat idoralariga xodimlarini uy sharoitida ishlashga o‘tkazish buyurilgani xabar berilgandi.

Mavzuga doir: Rossiyadagi yirik banklar ayrim xodimlarini ofisda yashab ishlash tartibiga o‘tkazmoqda



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (9-05-2020, 20:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 88) ( 0) ( 87) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют