» » AQSh o‘rmonlarining birida yarim asrlik Dodge Charger “qabristoni” topildi

AQSh o‘rmonlarining birida yarim asrlik Dodge Charger “qabristoni” topildi


Nyu-York shtatidagi o‘rmonlarning biridan yarim asrlik Dodge Charger avtomobillari “qabristoni” topildi. Suratlarga ko‘ra, bu o‘tgan asrning 60-yillarida ishlab chiqarilgan birinchi avlod hisoblanadi. Mashinalar harakatsiz turganligi sabab yerga aylanib ketayozgan, deb xabar beradi Motor.

Dodge Charger bozorlarda 1966-yilda 3,1 ming dollar sotuvga chiqqan. Modifikatsiyasiga qarab dastlabki avlod modellari 5,2, 5,9 yoki 6,3 litrli V8 motorlari bilan, shuningdek, Street Hemi C8 426 yetti litrli agregati bilan jihozlangan. Oxirgi variant juda kam uchraydi, chunki birinchi yili bu turdagi mashinalardan 468 nusxa ishlab chiqarilgan.

1966-yil davomida 37 344 nusxa Dodge Charger sotilgan bo‘lib, keyingi yili model yangilangan. Xususan, unda vinil tom va 375 ot kuchiga ega 7,2 litrli motor paydo bo‘lgan. 1967-yilda mazkur modeldan 15 788 nusxa sotilgan.

Dodge Charger xalq orasida juda ommalashgani sabab bir necha bor katta ekranlarda, xususan, zamonaviy kinolentalarda ham paydo bo‘lgan. Masalan, “Forsaj” filmining 4 va 5-qismlarida ishtirok etgan 1968-yilgi Dodge Charger 2013-yilda 95,7 ming dollarga sotilgan.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (9-05-2020, 21:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 61) ( 0) ( 59) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют