» » Sud Peterburg terakti tashkilotchisi deb gumon qilinayotgan Abror Azimovni hibsga oldi

Sud Peterburg terakti tashkilotchisi deb gumon qilinayotgan Abror Azimovni hibsga oldi


Moskvaning Basmanniy tumani sudi sudyasi Artur Karpov Sankt-Peterburg metrosidagi terakt tashkilotchisi deb gumon qilinayotgan Abror Azimovni 3-iyunga qadar hibsga olish haqida qaror chiqardi. Bu haqda Meduza xabar bermoqda.

Sudda Azimov o‘zining hibsga olinishiga qarshi emasligini ma’lum qildi, biroq teraktga aloqadorligi haqidagi gumonlarni rad etdi. Gumonlanuvchining so‘zlariga ko‘ra, unga “buyruq berishgan”, biroq u terakt rejalashtirilganidan bexabar bo‘lgan. Azimovning advokati esa, aksincha, gumonlanuvchi o‘ziga qo‘yilgan aybni to‘la tan olganini aytdi.

Rossiya Federal xavfsizlik xizmati Azimov qo‘lga olingani haqida 17-aprel oqshomida axborot bergan edi. “Kommersant” ma’lumotiga ko‘ra, uning terakt ijrochisi Akbarjon Jalilov bilan aloqasi telefon qo‘ng‘iroqlari yordamida aniqlangan. Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, Azimov teraktdan so‘ng telefon raqamini o‘zgartirib, yashirinib yurgan.

Peterburgdagi terakt ishi bo‘yicha Azimovdan tashqari yana sakkiz kishi qo‘lga olingan bo‘lib, tintuv qilish davomida ular istiqomat qilgan joydan portlovchi uskuna va qurol topildi. Ularning bari hibsga olingan.

Peterburg metrosidagi portlash 3-aprel kuni yuz bergan edi. Hodisa oqibatida 15 kishi, xususan, terrorchi deb gumon qilinayotgan shaxs ham halok bo‘lgan.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (18-04-2017, 21:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 89) ( 0) ( 87) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют