» » Kannavaro: Messi top-futbolchi, biroq Maradona boshqa olam. Diyegoga teng keladigani yo‘q

Kannavaro: Messi top-futbolchi, biroq Maradona boshqa olam. Diyegoga teng keladigani yo‘q


Italiya terma jamoasi sobiq himoyachisi Fabio Kannavaro Argentina terma jamoasi sobiq hujumchisi Diyego Maradona va uning vatandoshi Lionel Messini o‘zaro solishtirdi.

“Messini chuqur hurmat qilaman. Yangi avlod uchun u eng yaxshi futbolchilardan biri. Biroq Maradona o‘zgacha, chunki uning vaqtida futbol boshqacha bo‘lgan. Unga nisbatan tez-tez qo‘pol harakatlar bo‘lardi, ammo u doim vaziyatni nazorat qilib turar va juda chidamli futbolchi edi.

Messi top-o‘yinchi, biroq Maradona — bu boshqa olam. Men hech qachon uni boshqa futbolchilarga tenglashtira olmayman.

Pelening o‘yinini ko‘rish nasib qilmagan, ammo yetti yil mobaynida Maradona ishtirokidagi har bir o‘yinni tomosha qilganman. U shunchaki eng yaxshilardan biri emas, balki, eng yaxshi futbolchidir”, — deydi Kannavaro.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (9-05-2020, 21:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 63) ( 0) ( 61) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют