» » Toshkent shahri mahalla va mavzelar darajasida “qizil”, “sariq” va “yashil” hududlarga ajratilishi mumkin

Toshkent shahri mahalla va mavzelar darajasida “qizil”, “sariq” va “yashil” hududlarga ajratilishi mumkin


O‘zbekistonga koronavirusning kirib kelishi va tarqalishining oldini olish yuzasidan chora-tadbirlar dasturini tayyorlash bo‘yicha Respublika maxsus komissiyasining navbatdagi axboroti 9-may kuni e’lon qilindi.

7-may kuni o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan O‘zbekistonda koronavirus bilan bog‘liq vaziyat yaxshilanib, ijobiy tomonga o‘zgarib borishi bilan, hududlarni toifaga ajratishni tuman va shaharlar darajasida belgilash ta’kidlangan edi.

Mavzuga doir: Shavkat Mirziyoyev “yashil” viloyatdagi biror-bir tumanda kasallik aniqlanadigan bo‘lsa, butun viloyatning toifasi o‘zgartirilmasligi haqida gapirdi

Shu munosabat bilan, Respublika maxsus komissiyasining 8-maydagi yig‘ilishi bayoniga muvofiq, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi tarqalish holatining hududlar kesimidagi tahlili, kasallik aniqlangan bemorlarning davolanish (sog‘ayish) dinamikasi holatidan kelib chiqqan holda mamlakat hududlari 11-maydan e’tiboran tuman va shaharlar darajasida toifalarga ajratiladi.

Bunda:

Toshkent shahrini “qizil”, “sariq” va “yashil” toifalarga ajratish epidemiologik vaziyatdan kelib chiqqan holda Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligining taklifi asosida mahallalar, dahalar, mavzelar kesimida amalga oshirilishi mumkin.

Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi koronavirus infeksiyasining tarqalish holatining har bir tuman (shahar) kesimidagi tahlili, kasallik aniqlangan bemorlarning davolanish (sog‘ayish) dinamikasi holatidan kelib chiqqan holda, tuman (shahar)larning toifasini o‘zgartirish yuzasidan doimiy ravishda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklariga taklif kiritib boradi.

Tuman va shaharlarda ularning toifasidan kelib chiqqan holda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri uchun amalga oshirilishi nazarda tutilgan faoliyat turlariga ruxsat beriladi.

Muayyan tuman (shahar) “qizil” toifaga o‘tkazilganda, tegishli hudud (Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar) toifasidan qat’i nazar ushbu tuman (shahar)da “qizil” toifa uchun nazarda tutilgan barcha karantin cheklovlari to‘liq joriy etiladi.

“Yashil” va “sariq” toifadagi hududlarda savdo majmualari faoliyatiga ijtimoiy masofani saqlagan holda ruxsat beriladi, bunda ushbu majmualarning attraksion, ko‘ngilochar, ovqatlanish bo‘linmalari, kinoteatr va o‘yin maydonchalari faoliyatiga ruxsat berilmaydi.

Yo‘nalishsiz taksilarda yo‘lovchi tashishga hamda sartaroshxona (go‘zallik salonlari) faoliyat yuritishiga faqatgina Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri kesimida “yashil” va “sariq” toifadagi hududlardagina ruxsat beriladi.

Agarda muayyan hudud “qizil” toifaga kirib, uning tarkibidagi tuman (shahar)lar “sariq” va “yashil” toifalarga kirgan taqdirda, ushbu tuman (shaharlar)da yo‘nalishsiz taksilarga yo‘lovchi tashishga hamda sartaroshxona (go‘zallik salonlari) faoliyat yuritishiga yo‘l qo‘yilmaydi.

Tuman (shahar)larni tegishli toifalarga ajratgan holda bosqichma-bosqich bekor qilishda quyidagi talablar saqlab qolinadi:

O‘z navbatida, “qizil” toifaga kiruvchi hududlarda karantin cheklovlari talablarini bajarmaslik, shuningdek “yashil” va “sariq” toifaga kiruvchi hududlarda ruxsat berilgan faoliyat turlarini o‘rnatilgan maxsus talablarga rioya etmagan holda amalga oshirish tegishli javobgarlikka sabab bo‘ladi.

Mavzuga doir: Toshkent shahri “sariq”, Qoraqalpog‘iston va 7 ta viloyat “qizil”, koronavirusga chalingan bemorlar qolmagan hududlar esa “yashil” toifaga ajratildi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (9-05-2020, 22:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 90) ( 0) ( 88) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют