» » Navoiyda olti kishida koronavirus aniqlandi. Viloyat 4-may kuni koronavirusdan xoli hududga aylangan edi

Navoiyda olti kishida koronavirus aniqlandi. Viloyat 4-may kuni koronavirusdan xoli hududga aylangan edi


Navoiy viloyatida 9-may kuni olti kishida koronavirus infeksiyasi aniqlandi, deya xabar bermoqda Sog‘liqni saqlash vazirligi. Qayd etish joiz, Navoiy viloyati 4-may kuni koronavirusdan xoli (“yashil”) hududga aylangan edi — viloyatda koronavirusga chalingani aniqlangan ikki bemorning so‘nggisi shu kuni reabilitatsiyaga kuzatilgan edi.

Umuman, 9-may kuni O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasini yuqtirib olish bilan bog‘liq 24 ta holat qayd etilgan (respublika bo‘yicha jami kasallanganlar soni 2349 nafarga yetgan). Shunday 6 tasi, yuqorida qayd etilganidek, Navoiy viloyatida, 12 tasi Toshkentda, 6 tasi esa Samarqand viloyatida aniqlangan.

Qayd etish joiz, 9-may kuni O‘zbekiston bo‘ylab 71 kishi koronavirusdan sog‘aydi — Andijonda 23 kishi, Namanganda 20 kishi, Toshkentda 13 kishi, Xorazmda 10 kishi, Farg‘onada besh kishi reabilitatsiyaga kuzatildi. Jami sog‘ayganlar soni 1846 nafarga yetdi.

O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi ilk bor ro‘yxatga olingan 15-martdan buyon 10 kishi kasallik asoratlari oqibatida vafot etgan.

Mavzuga doir: O‘zbekistonda 30 nafar homilador ayol koronovirusga chalingan. Ularning 22 nafari butunlay sog‘aydi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (9-05-2020, 22:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 98) ( 0) ( 97) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют