» » Rustam Azimov va boshqa mas’ullar oldiga naqd pul aylanmasini qisqartirish bo‘yicha “kechiktirib bo‘lmas chora-tadbirlar” ko‘rish vazifasi qo‘yildi

Rustam Azimov va boshqa mas’ullar oldiga naqd pul aylanmasini qisqartirish bo‘yicha “kechiktirib bo‘lmas chora-tadbirlar” ko‘rish vazifasi qo‘yildi


18-aprel kuni O‘zbekiston hukumatining 2017-yil birinchi choragi yakunlariga bag‘ishlangan majlisi bo‘lib o‘tdi, deya xabar bermoqda O‘zA.

Kun tartibidagi masalalarni muhokama qilish davomida O‘zbekiston bosh vazirining o‘rinbosari Rustam Azimovning, moliya vaziri Botir Xo‘jayevning, iqtisodiyot vaziri Galina Saidovaning, Markaziy bank raisining birinchi o‘rinbosari Saidkamol Xo‘jayevning, shuningdek, Qashqadaryo va Namangan viloyatlari hokimlari Zafar Ro‘ziyev va Xayrullo Bozorovning hisobotlari eshitildi.

“Ular oldiga hududiy, moliya-byudjet va soliq rejalashtirilishini takomillashtirish, mahalliy byudjetlarning daromad bazasini oshirish amaliy chora-tadbirlarini bajarish, tumanlar va shaharlarning subvensiya darajasini pasaytirish va ularni subvensiyadan chiqarish, naqd pul mablag‘larining bankdan tashqari aylanmasini qisqartirish hisobiga makroiqtisodiy barqarorlikni va iqtisodiy o‘sishning yuqori sur’atlarini saqlashni ta’minlaydigan kechiktirib bo‘lmaydigan kompleks chora-tadbirlar ko‘rish yuzasidan aniq vazifalar qo‘yildi”, — deyiladi O‘zA axborotida.

Ushbu vazifalarni amalga oshirishda viloyatlar, tumanlar va shaharlar hokimlarining iqtisodiyot va tadbirkorlikni rivojlantirish bo‘yicha birinchi o‘rinbosarlarining shaxsiy mas’uliyati alohida qayd etib o‘tildi. Ularning ishlari samaradorligi aniq mezonlari bo‘yicha baholanadi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (18-04-2017, 21:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 79) ( 0) ( 77) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют