» » Turkiyadagi vertolyot halokati oqibatida 12 kishi halok bo‘ldi

Turkiyadagi vertolyot halokati oqibatida 12 kishi halok bo‘ldi


Turkiya sharqidagi Tunjeli viloyatida Sikorsky rusumidagi politsiya vertolyotining qulashi oqibatida uning bortida bo‘lgan barcha 12 kishi halok bo‘ldi, deya xabar bermoqda “Kommersant”.

Qurbonlar orasida yetti nafar politsiyachi, bir sudya, bir harbiy va ekipajning uch nafar a’zosi bor. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, Toshkent vaqti bilan 13:40 da havoga ko‘tarilgan vertolyot oradan 10 daqiqa o‘tib qulagan.

Aviahalokatning aniq sabablari hozircha noma’lum, biroq vertolyot noqulay ob-havo sharoiti tufayli qulagan bo‘lishi ehtimoli bor. Vertolyot yetib borish qiyin bo‘lgan tog‘li hududga qulagani sabab, qutqaruvchilar hodisadan olti soat o‘tib fojia joyiga yetib kela olgan.

Qutqaruv operatsiyasida uch samolyot, ikki vertolyot, 43 qutqaruvchi va 7 alpinist qatnashgan.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (18-04-2017, 22:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 93) ( 0) ( 92) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют