» » “O‘zkomnazorat”: Sirdaryoda talafot ko‘rgan aloqa obyektlari qayta ishga tushirilmoqda

“O‘zkomnazorat”: Sirdaryoda talafot ko‘rgan aloqa obyektlari qayta ishga tushirilmoqda


Sardoba suv omborida yuz bergan texnogen hodisa oqibatida telekommunikatsiya obyektlariga jiddiy talafot yetgani haqida xabar berilgandi. Axborotlashtirish va telekommunikatsiyalar sohasida nazorat bo‘yicha davlat inspeksiyasining ma’lum qilishicha, Oqoltin tumani Sardoba shaharchasidagi ATS ishga tushirilgan.

Talafot oqibatida mobil aloqa operatorlarining baza stansiyalari elektr ta’minotidan uzilib qolgan, mahalliy telekommunikatsiya tarmog‘ining infratuzilma (maktab, mahalla va QVP) tashkilotlariga tortilgan yerosti optik tolali aloqa kabellariga, magistral yerosti aloqa kabellariga zarar yetgani tufayli favqulodda holatdan kelib chiqib suv ombori hududi atrofidagi stansiya qurilmalarida avariya tiklash va demontaj ishlari boshlangan edi.

Ta’kidlanishicha, Oqoltin tumani Sardoba shaharchasidagi ATS (umumiy montaj sig‘imi 1152 raqamli, ishlatilgan sig‘imi 567 abonent bo‘lgan C&C08 RSP Huawei rusumli stansiya, mavjud sig‘imi 288 portli DSLAM’da abonentlar soni 288 ta) qayta ta’mirlanib, ishga tushirilgan. Mazkur telefon stansiyasi dizel generator orqali ishlab turganligi sababli 3-may kuni doimiy elektr tarmoqlariga ulangan.

5-may soat 18:00 holatiga ko‘ra, 5 ta mobil aloqa operatorlarining jami 86 ta tayanch stansiyalaridan 80 tasining faoliyati tiklangan, jumladan, 47 ta tayanch stansiyasi elektr ta’minotiga qayta ulangan, qolgan obyektlarda esa zaruriy ta’mirlash ishlari olib borilgan.

Suv toshqini sababli Mirzaobod tumani hududida joylashgan KM-TAYe 61 magistral aloqa kabeli o‘tkazgichiga zarar yetgandi, mazkur magistral aloqa kabeli boshqa kabel magistrali va temir yo‘lga qarashli zaxira kabel magistraliga to‘liq o‘tkazilgan.

Shuningdek, tabiiy ofat talafotlarini bartaraf etish ishlarini tezkor tashkil etishda ishtirok etayotganlarga sharoit yaratish uchun viloyat favqulodda vaziyatlar boshqarmasida tashkil etilgan shtabga 1205 qisqa raqami biriktirilib, qo‘shimcha ravishda UzMobile statsionar telefon apparatlari hamda sim-kartalar ajratilgan.

Avvalroq Sirdaryoda suv toshqinidan so‘ng 7,5 mingdan ortiq xonadonning gaz, 10 mingdan ortiq xonadonning elektr ta’minoti tiklangani haqida xabar berilgandi.

Mavzuga doir: 

Eslatib o‘tamiz, 1-may kuni soat 05:55 da Sirdaryo viloyatida joylashgan Sardoba suv ombori dambasining 6-piket devorida suv chiqishi yuzaga kelgandi. Favqulodda vaziyat tufayli Sardoba, Oqoltin, Mirzaobod tumanlaridagi 24 ta mahalladan 90 mingga yaqin fuqaro zudlik bilan xavfsiz hududga evakuatsiya qilingan, hodisa oqibatida kamida 56 kishi turli darajada tan jarohati olgan, toshqin zonasida qolib ketgan yuzlab odamlar qutqarilgan, shuningdek, 4 nafar fuqaroning tabiiy ofat oqibatida halok bo‘lgani, 1 nafari bedarak yo‘qolgani aniqlandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-05-2020, 06:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 76) ( 0) ( 75) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют