» » Koronavirus yoshlarda og‘ir o‘tayotganining taxminiy sababi ma’lum qilindi

Koronavirus yoshlarda og‘ir o‘tayotganining taxminiy sababi ma’lum qilindi


Olimlar koronavirus infeksiyasining og‘ir yoki yengil o‘tishi genetik mutatsiyalarga bog‘liq deb hisoblashmoqda. Bu haqda AFP xabar qilgan.

Qayd etilishicha, kasallanish holatlari yoshlarda va yuqtirib olish xavfi u qadar yuqori bo‘lmagan guruhlarda ham uchraydi.

“2019-yilning oktabr oyida marafon uchun belgilangan masofani bosib o‘ta oladigan sog‘lom inson 2020-yilning aprel oyida reanimatsiya, intubatsiya yoki ventilyatsiyada (o‘pkaga sun’iy havo yetkazib berish apparati nazarda tutilgan) yotibdi”, – deydi tadqiqotchilar guruhi rahbari Jan-Loran Kazanova.

Xalqaro olimlar guruhi koronavirusga chalingan yoshlarda og‘ir holatlar kuzatilishining sababi odamning immun tizimiga ta’sir qiluvchi maxsus mutatsiyalar bo‘lishi mumkin, degan xulosaga kelgan. Taxminlarga ko‘ra ushbu o‘zgarishlar koronavirus bilan kasallangungacha yaqqol namoyon bo‘lmaydi.

Bu kabi holatlar boshqa infeksiyalarda ham kuzatiladi, sababi genlarda bir qator boshqa infeksiyalarga, jumladan, gripp yoki virusli ensefalit uchun ham zaif nuqtalar shakllangan, deya ushbu xulosani ilmiy asoslagan tadqiqotchilar.

Olimlar bergan ma’lumot bo‘yicha koronavirus bilan kasallanish holati kuzatilganda DNKni aniqlashga qaratilgan bir qator preparatlar mavjud va ular genlar ishining to‘g‘ri tashkil etilishiga ta’sir qila oladi. Biroq mutaxassislar ushbu dorilarni qo‘llash irsiyat ishiga aralashish ekanini inobatga olib, organizmda boshqa salbiy ta’sirlar bo‘lishi mumkinligini bildirgan.

Mavzuga doir: 

COVID-19 koronavirusi pandemiyasi dunyoning deyarli barcha mamlakatlarini qamrab olgan. Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti bergan ma’lumotlarga ko‘ra SARS-CoV-2 koronavirusini butun dunyoda 3,6 million nafar odam yuqtirib olgan, 254 ming nafardan ko‘proq bemor kasallik oqibatida hayotdan ko‘z yumgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-05-2020, 06:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 85) ( 0) ( 83) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют