» » O‘zbekistonda Sotsial turizm assotsiatsiyasi tashkil etildi

O‘zbekistonda Sotsial turizm assotsiatsiyasi tashkil etildi


Sayyohlarning barcha toifalarini qamrab olish va ular uchun munosib sharoitlar yaratish maqsadida O‘zbekiston sotsial turizm assotsiatsiyasi tashkil etildi, deb xabar bermoqda Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi.

Yangi assotsiatsiyaning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:

Assotsiatssiya O‘zbekistonda turizm sohasini rivojlantirishga hissa qo‘shish istagidagi jismoniy shaxslarni birlashtirish va ularning sa’y-harakatlarini sotsial turizmni rivojlantirishga yo‘naltirish, jumladan bolalar, yoshlar, keksalar, shuningdek, nogironligi bo‘lgan fuqarolarning sayohatlarini tashkil etishga ko‘maklashadi. Shu bilan birga, inklyuziv turizmni rivojlantirish borasida xorijiy turdosh uyushmalar bilan hamkorlik aloqalarni o‘rnatadi.

“Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi bilan hamkorlikda imkoniyati cheklangan yurtdoshlarimiz uchun ‘Sayohat barcha uchun!’ xayriya sayohati tashkil etiladi hamda ularning diqqatga sazovor maskanlarda sayohat qilish imkoniyatlarini baholash ishlari amalga oshiriladi”, — deyiladi xabarda.

Sotsial turizm assotsiatsiyasi kengashi raisi etib (1981-yilda tug‘ilgan) Izatillo Xo‘jayev tayinlandi. U avvalroq Sharqshunoslik instituti, O‘zMTDP Toshkent viloyati Kengashi, O‘zbekiston nodavlat notijorat tashkilotlari milliy assotsiatsiyasi, O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi safida faoliyat yuritgan.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-05-2020, 07:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 64) ( 0) ( 63) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют