» » Qirg‘izistonda Peterburg terakti tashkilotchisi deb gumon qilinayotgan Abror Azimovning akasi qo‘lga olindi

Qirg‘izistonda Peterburg terakti tashkilotchisi deb gumon qilinayotgan Abror Azimovning akasi qo‘lga olindi


Qirg‘izistonda 28 yoshli Akram Azimov — Peterburg metrosidagi terakt tashkilotchisi gumoni ostida Rossiyada hibsga olingan Abror Azimovning tug‘ishgan akasi qo‘lga olindi. Meduza’ning yozishicha, bu haqda aka-ukalarning otasi Ahrol Azimov ma’lum qilgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, Akram Azimov Moskvaga yuborilgan.

Moskvada istiqomat qiluvchi katta Azimov Abrorning hibsga olingani haqida televideniye orqali bilgan. U Qirg‘izistonga, sobiq ayoliga qo‘ng‘iroq qilganida, u ikkinchi o‘g‘il ham qamoqqa olinganini bildirgan.

Qo‘lga olingan shaxslarning otasi uning farzandlari Peterburgdagi teraktga aloqador bo‘lishi mumkinligini rad etmoqda. “Akram va Abror hatto chumoliga ham ozor bermagan. Men tarbiya bermaganimga qaramay, ular ajoyib yigit bo‘lib voyaga yetgan”, — dedi Ahrol Azimov.

Abror va Akram Azimov Moskva viloyatining Odinsovo tumanida ishlagan. Otasining so‘zlariga ko‘ra, mart oyi oxirida Akram ishdan bo‘shab, Qirg‘izistonga qaytib ketgan, Abror ham qaytish taraddudida bo‘lgan.

“Abror ertalabdan kechgacha ishda bo‘ladigan og‘ir va bosiq bola. U hech qachon hech qanday masjidlarga bormagan”, — dedi Abror Azimovning otasi.

Peterburg terakti tashkilotchisi deb gumon qilinayotgan Abror Azimov 17-aprel kuni Moskva viloyatida qo‘lga olindi. Rossiya Federal xavfsizlik xizmati ma’lumotlariga ko‘ra, terrorchi-xudkush Akbarjon Jalilovni aynan u teraktga tayyorlagan.

18-aprel kuni sud Azimovni hibsga olish haqida qaror chiqardi. Advokatining so‘zlariga ko‘ra, Azimov o‘zini aybdor deb hisoblamoqda. Biroq gumonlanuvchining o‘zi sud zalida: “Portlashga aloqadorligim haqida — men bunday demaganman. Bunda mening ishtirokim bor, biroq bevosita emas”, — dedi.

Peterburg metrosidagi portlash 3-aprel kuni yuz bergan edi. Hodisa oqibatida, terrorchi-xudkushni hisobga olmasa, 14 kishi halok bo‘lgan.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (18-04-2017, 22:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 43) ( 0) ( 41) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют