» » O‘zbekiston rahbariyati akademik Anna Glushenkovaning vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirdi

O‘zbekiston rahbariyati akademik Anna Glushenkovaning vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirdi


Tabiiy birikmalar kimyosi va texnologiyasi sohasidagi taniqli olima, O‘zbekiston Fanlar akademiyasi akademigi Anna Ivanovna Glushenkova 91 yoshida vafot etdi, deya xabar bermoqda O‘zA.

A.Glushenkova 1926-yil 1-avgustda Rossiyaning Volgograd viloyatidagi Rudna tumanida tug‘ilgan. 1948-yili O‘rta Osiyo industrial institutini (hozirgi Toshkent davlat texnika universiteti) tugatib, ushbu institut aspiranturasida tahsil oldi. Dastlab nomzodlik, keyinchalik doktorlik dissertatsiyasini himoya qildi. Ilm-fan sohasidagi ko‘p yillik xizmatlari uchun 2000-yilda O‘zbekiston Fanlar akademiyasining haqiqiy a’zosi etib saylandi.

Iste’dodli olima qariyb 70 yillik ilmiy-pedagogik faoliyati davomida Toshkent politexnika instituti (hozirgi Toshkent davlat texnika universiteti) kafedra mudiri, Fanlar akademiyasining O‘simlik moddalari kimyosi instituti katta ilmiy xodimi, laboratoriya mudiri, direktori, Fanlar akademiyasi prezidiumi a’zosi kabi mas’ul lavozimlarda samarali mehnat qildi va mamlakatimizda tabiiy birikmalar kimyosi va texnologiyasi sohasidagi dolzarb masalalarni tadqiq etish, yuqori malakali kadrlar tayyorlashga munosib hissa qo‘shdi.

Zahmatkash olimaning ilmiy ishlanma va tadqiqotlari O‘zbekiston xalq xo‘jaligi, ayniqsa, paxtachilik sanoatida keng qo‘llanib kelmoqda. Uning paxta tolasi va chigitini qayta ishlash, ulardan zarur iste’mol mahsulotlari hamda dori vositalari tayyorlash bo‘yicha ilmiy ishlanmalari iqtisodiyot tarmoqlari rivojida muhim ahamiyatga ega.

Olimaning tabiiy birikmalar kimyosi va texnologiyasi sohasining nazariy va amaliy masalalariga bag‘ishlangan 400 dan ziyod ilmiy maqolalari, kitob va monografiyalari O‘zbekiston va xorijiy mamlakatlar olimlari va mutaxassislariga yaxshi ma’lum.

Jonkuyar ustoz sifatida ko‘plab yoshlarga saboq bergan ilm-fan fidoyisining bevosita rahbarligida o‘nlab fan nomzodlari va fan doktorlari tayyorlangan.

A.Glushenkovaning O‘zbekiston ilm-fanini rivojlantirish borasidagi xizmatlari davlat tomonidan munosib taqdirlangan. U “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan fan arbobi” faxriy unvoni va “Mehnat shuhrati” ordeni bilan mukofotlangan edi.

“Atoqli olima, mehribon ustoz, kamtarin inson Anna Glushenkovaning xotirasi qalblarimizda hamisha saqlanib qoladi”, — deyiladi O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev, Oliy Majlis Senati raisi Nig‘matilla Yo‘ldoshev, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi spikeri Nurdinjon Ismoilov, O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov, Prezident davlat maslahatchisi Ahmadxo‘ja Yunusxo‘jayev, Fanlar akademiyasi prezidenti Behzod Yo‘ldoshev nomidan e’lon qilingan ta’ziyanomada.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (18-04-2017, 22:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 97) ( 0) ( 95) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют