» » Dunyo bo‘ylab koronavirusga chalinganlar soni 4 mln kishidan oshib ketdi

Dunyo bo‘ylab koronavirusga chalinganlar soni 4 mln kishidan oshib ketdi


Jons Hopkins universiteti ma’lumotlariga ko‘ra, ayni paytda dunyo bo‘ylab 4 milliondan ortiq odam koronavirusga chalingan. Bundan bir hafta avval, 4-may kuni, kasallanish holati 3,5 milliontaga yetgandi.

COVID-19 qurbonlari soni 279 321 kishiga yetgan, shu bilan birga bemorlarning 1 million 375 mingdan ortig‘i virusdan tuzalgan.

Kasallanishlar soni bo‘yicha AQSh hamon yetakchilik qilmoqda. Mamlakatda 1,3 million kishida koronavirus borligi tasdiqlangan. 78,4 ming kishi virus qurboni bo‘lgan. Kasallanishlar soni bo‘yicha ikkinchi o‘rinda Ispaniya (22,8 ming), undan keyin o‘rinlarda Italiya (218,2 ming), Buyuk Britaniya (216,5 ming) turibdi. Kasallik eng ko‘p tarqalgan davlatlar bechtaligidan, shuningdek, Rossiya (198,5 ming) ham o‘rin olgan.

Mavzuga doir: Buyuk Britaniya koronavirus qurbonlari soni bo‘yicha Yevropa davlatlari orasida birinchi o‘ringa chiqdi

Koronavirus tarqalishi episentri bo‘lgan Xitoy esa 11-o‘rinda. U yerda 83,9 ming kishi koronavirusga chalingan.

O‘zbekistonda esa koronavirusga chalinganlar soni 2387 nafarga yetdi. Shulardan 1846 nafari sog‘aygan, 10 nafari esa infeksiya asoratlari oqibatida vafot etgan.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-05-2020, 12:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 44) ( 0) ( 42) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют