» » O‘zbekistonda koronavirusdan davolanayotgan 531 nafar bemordan 7 nafari og‘ir ahvolda ekanligi ma’lum qilindi

O‘zbekistonda koronavirusdan davolanayotgan 531 nafar bemordan 7 nafari og‘ir ahvolda ekanligi ma’lum qilindi


Hozirda O‘zbekistonda koronavirusdan 531 bemor davolanmoqda, ulardan 7 nafari og‘ir ahvolda. Bu haqda Sanitariya-epidemiologiya nazorati davlat inspeksiyasi boshlig‘i, Respublika davlat bosh sanitariya inspektori Nurmat Otabekov ma’lum qildi.

Uning aytishicha, ayni daqiqalarga kelib respublikada koronavirus bilan 2387 fuqaro ro‘yxatga olingan. 9-may kuni yana 71 fuqaro to‘liq sog‘aygan va reabilitatsiya markazlariga o‘tkazilgan. Ayni paytga qadar 1846 nafar, ya’ni 79 foiz bemor to‘liq sog‘aygan.

Sog‘liqni saqlash vazirligi taqdim etgan ma’lumotga ko‘ra, shifoxonalarda davolanayotgan 531 bemordan 7 nafarining ahvoli og‘ir, 5 nafarida ijobiy o‘zgarishlar kuzatilyapti.

Shuningdek, hozirda 42 mingdan ortiq fuqaro karantinda bo‘lib turibdi.

Mavzuga doir: Nurmat Otabekov: “Koronavirus kasalligining respublikamizda qayd etilishi kamayib borayotgani pandemiya tamom, tugayapdi degani emas”



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-05-2020, 13:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 40) ( 0) ( 38) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют