» » Uxanda koronavirusga chalinganlar qolmagani aytilganidan 2 hafta o‘tib yana kasallanish holati qayd etildi

Uxanda koronavirusga chalinganlar qolmagani aytilganidan 2 hafta o‘tib yana kasallanish holati qayd etildi


Koronavirus epitsentriga aylangan Xitoyning Uxan shahrida so‘nggi sutkada koronavirusga chalinish bo‘yicha bitta yangi holat aniqlandi. Bu haqda Xubey provinsiyasi sog‘liqni saqlash komissiyasi ma’lumotlariga tayanib “RBK” xabar berdi.

Qayd etilishicha, kasallangan kishi og‘ir ahvolda. Bundan tashqari, Xubeyda 17 kishida virus alomatlarsiz kechayotgani aniqlangan, yana 616 nafari shifokorlar nazoratida bo‘lib turibdi. Provinsiyada may oyidan buyon birorta yangi kasallanish holati qayd etilmagan, faqat alomatlarsiz kasallanganlar kuzatilgandi.

Umumiy hisobda Xitoyda o‘tgan bir sutka ichida koronavirus bilan kasallanish bo‘yicha 14 ta va kasallik belgisiz o‘tayotgan 20 ta holat aniqlandi. Virus tashuvchilarining 794 nafari shifokorlar nazoratida bo‘lib turibdi.

Eslatib o‘tamiz, Uxandagi kasalxonalarda 26-aprel kuni koronavirusga chalingan birorta bemor qolmagani xabar berilgandi. Keyinchalik Uxanda koronavirus izlari kasalxona havosida ham topilgan.

Mavzuga doir: Dunyo bo‘ylab koronavirusga chalinganlar soni 4 mln kishidan oshib ketdi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-05-2020, 13:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 82) ( 0) ( 81) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют