» » “Barselona” himoyachisi Samyuel Umtiti karantindan keyingi ilk mashg‘ulotdayoq jarohat oldi

“Barselona” himoyachisi Samyuel Umtiti karantindan keyingi ilk mashg‘ulotdayoq jarohat oldi


“Barselona” himoyachisi Samyuel Umtiti jarohat oldi. Bu haqda kataloniyaliklar klubi matbuot xizmati ma’lum qildi.

26 yoshli futbolchi 9-may kungi individual mashg‘ulot vaqtida o‘ng oyog‘i to‘pig‘ini shikastlab olgan. Qayd etish joiz, bu klubning karantindan keyingi ilk mashg‘uloti edi. Jarohatning qay daraja jiddiy ekani va tiklanish muddati noma’lum. Joriy mavsumda Umtiti to‘pig‘idagi muammo sabab bir yarim oy maydonga tusha olmagandi.

Fransiyalik futbolchi 2016-yildan buyon “Barselona”da to‘p suradi. Bunga qadar Samyuel “Lion”dan harakat qilgan. Avvalroq “ko‘k-anorranglilar” futbolchi bilan xayrlashishga tayyor ekani xabar qilingandi.

Ma’lumot uchun, Umtiti Ispaniya La Ligasi 2019/20-yilgi mavsumida 11 ta o‘yin o‘tkazdi.

Mavzuga doir: “Real” hujumchisi Luka Yovich jiddiy jarohat oldi

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-05-2020, 14:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 57) ( 0) ( 56) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют