» » Abdulla Aripov Qozogistonda toshqindan jabrlanganlarga quriladigan uylarga poydevor qoyishda ishtirok etdi

Abdulla Aripov Qozogistonda toshqindan jabrlanganlarga quriladigan uylarga poydevor qoyishda ishtirok etdi


Ozbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov va Qozogiston bosh vaziri Asqar Mamin 10-may kuni Turkiston viloyatining Maqtaaral tumani Mirzakent posyolkasida uchrashdi. Bu haqda Qozogiston Bosh vaziri saytida xabar berildi.

Hukumat rahbarlari Maqtaaral tumanining suv toshqinidan zarar korgan Nurliyol, Orgebas, Firdavsiy qishloqlarida boldi va toshqin oqibatlarini bartaraf qilish ishlari bilan tanishdi.

Hozirda suv toshqini oqibatlarini bartaraf etish uchun 1300 dan ortiq kishi va 220 ta texnika jalb qilingan. Jumladan, Ozbekistondan 200 nafar mutaxassis va 100 ga yaqin ot ochirish mashinasi, ekskavator, traktor, suv haydash nasosi va boshqa texnikalar yuborilgan.

Bosh vazirlar Maqtaaral tumani mamuriy markazi Mirzakent posyolkasida mikrorayon qurilishi rejasi bilan tanishib, mahalliy fuqarolar bilan uchrashgan va birinchi uylar qurilishi uchun poydevor qoyishda ishtirok etdi.

Qayd etilishicha, umumiy hisobda Mirzakentning Jenis, Jannatturmush va Dostlik aholi yashash punktlaridagi 500 oila uchun uy, maktab, bolalar bogchasi va feldsherlik punkti qurish rejalashtirilgan. Qurilish ishlari Ozbekiston va Qozogiston mutaxassislari hamkorligida amalga oshiriladi.

Asqar Mamin va Abdulla Aripov Firdavsiy qishlogida toshqindan zarar korgan uylarni tiklash ishlari bilan tanishib, mahalliy aholi bilan uchrashuv otkazgan.

Eslatib otamiz, Sardoba suv omboridagisuv toshqinioqibatida Qozogistonning Turkiston viloyati Maqtaaral tumani hududida texnogen xususiyatga ega favqulodda holatelon qilingandi. Songgi malumotlarga kora, toshqin natijasida viloyat hududida 30 mingdan ortiq odamevakuatsiya qilingan. Qozogiston prezideni Qosim-Jomart Toqayev toshqindan jabr korgan Maqtaaral tumani aholisi yangi yoki tamirlangan uy joy bilan toliq taminlanishi, ularning har biriga respublika budjetidan 100 ming tenge berilishini malum qilgandi.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
: admin (10-05-2020, 14:41)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 35) ( 0) ( 34) ( 1)
:
-
:
:
20 ... -