» » Peterburg terakti tashkilotchisi deb gumon qilinayotgan Abror Azimov 2013-yilda Rossiya fuqaroligini olgan

Peterburg terakti tashkilotchisi deb gumon qilinayotgan Abror Azimov 2013-yilda Rossiya fuqaroligini olgan


Peterburg metrosidagi terakt tashkilotchisi sifatida gumon qilinayotgan asli qirg‘izistonlik Abror Azimov 2013-yili Rossiya fuqaroligini olgan. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar bermoqda.

“U 2008-yili otasi bilan birga Rossiyaga ketgan, 2013-yili esa Qirg‘iziston prezidenti Almazbek Atambayev nomiga tegishli iltimosnoma yozib, fuqaroligini o‘zgartirgan. Uning otasi — Rossiya fuqarosi, onasi esa — Qirg‘iziston fuqarosi”, — deb yozadi Qirg‘izistonning “24.kg” nashri.

Azimovning qarindoshlari so‘zlariga ko‘ra, terrorchilikda gumon qilinayotgan shaxs “dindorlik darajasi bilan alohida ajralib turmagan”.

Avvalroq Moskvaning Basmanniy tuman sudi Abror Azimovni 3-iyunga qadar hibsga olish haqida qaror chiqargani haqida xabar berilgan edi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (18-04-2017, 22:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 77) ( 0) ( 76) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют