» » Ikrom Aliboyev hamda Doston Tursunovlarning jamoalari Key-Liga yangi mavsumini mag‘lubiyat bilan boshladi (video)

Ikrom Aliboyev hamda Doston Tursunovlarning jamoalari Key-Liga yangi mavsumini mag‘lubiyat bilan boshladi (video)


Futbol bo‘yicha Key-Liga 1-turi doirasida 10-may, yakshanba kuni bir nechta bellashuv bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekistonlik himoyachi Doston Tursunov harakat qiladigan “Pusan Ay Park” jamoasi ilk turni safarda “Poxang Stilers”ga qarshi o‘tkazib, 0:2 hisobida yutqazdi. Mezbonlar safida Stanislav Ilyutchenko hamda Aleksandar Paloshevich gollarga mualliflik qildi.

Doston Tursunov bellashuvda to‘liq o‘ynadi.

O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Ikrom Aliboyevning “Seul” klubi esa safarda “Kanvon” klubiga qarshi bahs olib borib, 1:3 hisobida yutqazib qo‘ydi. Mezbonlar safida Kim Ji Hyun, Cho Ja Van hamda Kim Seung Daye bittadan gol urgan bo‘lsa, “Seul”ning yagona goliga Dong Jin Park mualliflik qildi.

Ikrom Aliboyev mazkur bahsda 60 daqiqa harakat qildi.

Key-Liga

1-tur bahslari

10-may, yakshanba

“Poxang Stilers” — “Pusan Ay Park” 2:0

Gollar: 1:0: — 24 Stanislav Ilyutchenko, 2:0 — 71 Aleksandar Paloshevich

“Kanvon” — “Seul” 3:1

Gollar: 0:1 — 36 Dong Jin Park, 1:1— 52 Kim Ji Hyun, 2:1 — 85 Cho Ja Van, 3:1 — 87 Kim Seung Daye

Mavzuga doir: Key-Liga. Janubiy Koreya chempionatidagi o‘zbek duelida Jamshid Iskandarov jamoasi g‘alaba qozondi (video)

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-05-2020, 15:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 78) ( 0) ( 77) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют