» » Rossiyada koronavirusga chalinganlar soni 200 ming kishidan oshdi

Rossiyada koronavirusga chalinganlar soni 200 ming kishidan oshdi


Rossiyada o‘tgan bir sutka ichida koronavirus bilan kasallanish bo‘yicha 11 012 ta holat qayd etilib, kasallanganlarning umumiy soni 209 688 kishiga yetdi. Bu haqda tezkor shtab ma’lumotlarida keltirilgan.

Kunlik kasallanishlar soni qatorasiga 8 kundan buyon 10 ming kishidan oshmoqda. Sutka davomida eng ko‘p kasallanish 7-may kuni kuzatilgandi. Shu kuni koronavirusga chalingan bemorlar soni 11 231 kishiga ko‘paygan.

Yangi kasallanganlarning yarmidan ko‘pi — 5 551 nafari Moskvada qayd etilgan. Poytaxtda kasallanganlarning umumiy soni 109,7 ming kishiga yetgan. Undan keyingi o‘rinlarda Moskva viloyati (20,5 ming kishi) va Sankt-Peterburg (7 404 kishi) turibdi.

Shuningdek, sutka davomida bemorlarning 88 nafari vafot etib, mamlakatda koronavirus qurbonlari soni 1 915 kishiga yetdi. Kasallikdan sog‘ayganlar soni esa 34 306 kishini tashkil etmoqda.

Dunyo bo‘yicha esa koronavirusga chalinganlar soni 4 million kishidan oshib ketdi.

Mavzuga doir: 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-05-2020, 15:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 45) ( 1) ( 42) ( 2)
Юзеры:
Bek
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей...
Bek