» » Boysunda bir hafta farqi bilan bir joyda ikkita yuk mashinasi beton to‘siqqa urildi. Har ikkala haydovchi vafot etdi

Boysunda bir hafta farqi bilan bir joyda ikkita yuk mashinasi beton to‘siqqa urildi. Har ikkala haydovchi vafot etdi


Surxondaryo viloyatining Boysun tumanida 9-may kuni soat 03:20 da odam o‘limi bilan yakunlangan yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Bu haqda YHXBB xabar berdi.

Hodisa “Shifobuloq” mahallasi hududidan o‘tuvchi M-39 avtomobil yo‘lining 1322-kilometrida yuz berdi. Toshkent—Termiz yo‘nalishi bo‘ylab harakatlanayotgan “Kamaz” yuk mashinasi haydovchisi 1974-yilda tug‘ilgan F.J. boshqaruvni yo‘qotishi oqibatida yo‘lning o‘ng tomonidagi beton to‘siqqa urilgan va yo‘ldan chiqib ketib YTH sodir etgan.

46 yoshli F.J. og‘ir tan jarohatlari bilan shifoxonada vafot etgan.

Mazkur YTH yuzasidan Boysun tuman IIB huzuridagi TB tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, bir hafta avval xuddi shu joyda yana bir yuk mashinasi YTHga uchrashi oqibatida haydovchi vafot etgandi. YHXBB 1-may kuni yuz bergan YTHda Volvo yuk mashinasi haydovchisi yo‘lning xavfli burilish qismida tezlikni me’yoridan oshirgani uchun beton to‘siqqa borib urilganini ma’lum qilgandi. Avariya oqibatida 30 yoshli haydovchi shifoxonada vafot etgan.

BMT koronavirus sabab yo‘llarda o‘lim holati ikki baravarga kamayganini ma’lum qildi. Ammo shu haftaning o‘zida O‘zbekistonda odam o‘limi bilan yakunlangan bir nechta YTH sodir bo‘ldi. 4-may kuni Samarqandning Urgut tumanida “Jiguli” va yuk mashinasi to‘qnashishi oqibatida 22 yoshli ayol va uning 2 yoshli bolasi, Qashqadaryoning G‘uzor tumanida Lacetti asfalt yotqizish mashinasiga urilishi oqibatida 31 yoshli haydovchi, 5-may kuni Navoiy viloyatining Navoiy shahrida Nexia-3 avtomobili svetoforning qizil chirog‘idan katta tezlikda o‘tib, simyog‘ochga urilishi oqibatida 26 yoshli haydovchi, Sirdaryoning Sayxunobod tumanida Matiz kanalga tushib ketishi oqibatida 31 yoshli haydovchi hamda uning 30 va 22 yoshli yo‘lovchilari, 7-may kuni Qoraqalpog‘istonning Beruniy tumanida Nexia avtobusga urilishi oqibatida 48 yoshli haydovchi, Qashqadaryoning Kasbi tumanida Cobalt yuk mashinasining ortidan borib urilishi oqibatida 53 yoshli haydovchi, 8-may kuni Jizzaxda Cobalt haydovchisi boshqaruv vaqtida uxlab qolishi oqibatida 31 yoshli haydovchi, Surxondaryoning Sho‘rchi tumanida Nexia daraxtga urilishi oqibatida 30 yoshli yo‘lovchi vafot etgandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-05-2020, 15:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 68) ( 0) ( 67) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют