» » Samarqandda yana 10 kishi koronavirusdan tuzalib, O‘zbekistonda jami sog‘ayganlar soni 1856 nafarga yetdi

Samarqandda yana 10 kishi koronavirusdan tuzalib, O‘zbekistonda jami sog‘ayganlar soni 1856 nafarga yetdi


Samarqand viloyatida navbatdagi 10 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan bemor sog‘ayib chiqdi va reabilitatsiyaga kuzatildi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Tuzalganlarning barchasi Samarqandan viloyatidan (4 nafari Toyloq tumanidan, 2 nafari Samarqand shahri va Oqdaryo tumanidan, Jomboy va Payariq tumanidan 1 nafardan) bo‘lib, 9 nafari koronavirus infeksiyasiga chalinganlar bilan muloqot orqali kasallikni yuqtirib olishgan. 1 nafari esa Gruziyadan Qozog‘iston orqali O‘zbekistonga kelgan va karantinga olingan, kasallik aniqlangach, shifoxonaga yotqizilgan. Ularning eng yoshi kattasi 62 yoshda, yoshi kichigi esa 4 yoshda.

Viloyatda shu paytga qadar 70 nafar bemor sog‘aygan bo‘lsa, endilikda ular 80 nafarga yetdi.

Shunday qilib, 10-may 13:10 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasidan butunlay sog‘ayganlar 1856 nafarga yetdi. 10-may soat 15:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 2411 nafarni tashkil qilmoqda.

Avvalroq respublika davlat bosh sanitariya inspektori Nurmat Otabekov O‘zbekistonda koronavirusdan davolanayotgan 531 nafar bemordan 7 nafari og‘ir ahvolda ekanligini, 42 mingdan ortiq fuqaro karantinda bo‘lib turganini ma’lum qilgandi.

Mavzuga doir: O‘zbekistonda 30 nafar homilador ayol koronovirusga chalingan. Ularning 22 nafari butunlay sog‘aydi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-05-2020, 15:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 100) ( 0) ( 99) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют