» » Yevropa tashqi chegaralari taxminan qachon ochilishi ma’lum bo‘ldi

Yevropa tashqi chegaralari taxminan qachon ochilishi ma’lum bo‘ldi


Yevropa tashqi chegaralari ochilishining taxminiy sanasi ma’lum qilindi. Yevropa komissiyasiga ko‘ra, bu muddat 15-iyun bo‘lishi mumkin.

“Tashqi chegaralardagi choralarni saqlab qolish Yevropa Ittifoqiga sayohat tufayli kasallik tarqalishi xavfini kamaytirish uchun zarurdir”, — deyiladi Yevropa komissiyasi saytidagi xabarda.

Shuningdek, sayohatlar uchun Shengen hududi mamlakatlari chegaralarining ochilishi Yevropa Ittifoqi mamlakatlaridagi ichki cheklovlar yengillashtirilgachgina amalga oshirilishi ta’kidlangan.

Avvalroq Chexiya prezidenti Milosh Zeman koronavirus qaytadan avj olmasligi uchun chegaralarni yopishni bir yilga uzaytirish lozimligini aytgandi. Biroq Tashqi ishlar vazirligi bunday qaror chuqur o‘ylanmaganini, bunday yo‘l tutish milliy iqtisodiyotga ham, aholining konstitutsiyaviy huquqlariga jiddiy zarar yetkazishini aytgan. 24-apreldan boshlab Chexiya Yevropada birinchilardan bo‘lib chegaralarini ochib, fuqarolarga chet elga chiqishga ruxsat berdi.

Ayni paytda Yevropaning boshqa davlatlari ham u yoki bu chegaradosh davlatlardagi kasallanganlar sonidan kelib chiqqan holda ikki tomonlama asosda mamlakat tashqi chegaralarini ochishni boshladi.

Mavzuga doir: Yevropadagi tezyurar poyezdlarda niqobsiz yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatilmasligi mumkin



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-05-2020, 17:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 94) ( 0) ( 92) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют