» » Yevropa Chempionlar Ligasining qachon davom ettirilishi ma’lum qilindi

Yevropa Chempionlar Ligasining qachon davom ettirilishi ma’lum qilindi


“Lion” prezidenti Jan-Mishel Olas Yevropa Chempionlar Ligasi 1/8 final javob bahsi doirasidagi “Yuventus”ga qarshi o‘yin avgust oyida bo‘lishini tasdiqladi.

“Yuventus”ga qarshi o‘yin 7-avgust kuni bo‘lib o‘tadi. O‘yin Turinda tomoshabinlarsiz o‘tkaziladi. Agar bizning Fransiya professional futbol ligasiga qarshi arznomamiz qabul qilinmaydigan bo‘lsa, “Lion” va PSJ o‘yin amaliyotiga ega jamoalar tomonidan tor-mor etiladi”, — deydi Olas.

Eslatib o‘tamiz, koronavirus sabab Fransiya chempionatining 2019/20-yilgi mavsumi muddatidan avval yakunlandi. “Lion” esa sud orqali Liga 1 joriy mavsumini qayta tiklashga harakat qilmoqda.

“Lion” Chempionlar Ligasi 1/8 finalining dastlabki uchrashuvida “Yuventus”ni 1:0 hisobida mag‘lub etgan. PSJ esa to‘xtalishlarga qadar “Borussiya D” to‘sig‘idan o‘tib (1:2, 2:0), chorak finalga yo‘l olgandi.

Mavzuga doir: PSJ — Fransiya chempionatining 2019/20-yilgi mavsumi g‘olibi. “Lion” 23 yildan beri ilk bor Yevrokuboklarsiz qoldi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-05-2020, 17:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 67) ( 0) ( 65) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют