» » Toshkentda 78 yoshli otaxon va 2020-yilda tug‘ilgan chaqaloq koronavirusdan tuzaldi. O‘zbekistonda sog‘ayganlar soni 1870 nafarga yetdi

Toshkentda 78 yoshli otaxon va 2020-yilda tug‘ilgan chaqaloq koronavirusdan tuzaldi. O‘zbekistonda sog‘ayganlar soni 1870 nafarga yetdi


Toshkentdagi Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti klinikasida 10 nafar, Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy-tekshirish instituti klinikasida 4 nafar, jami 14 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan bemor butunlay sog‘aydi va reabilitatsiyaga kuzatildi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar qilgan.

Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti klinikasida sog‘ayganlarning 8 nafari Toshkent shahridan, 1 nafardan bemor Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Andijon viloyatida yashaydi. Bemorlarning 8 nafari koronavirus infeksiyasiga chalinganlar bilan muloqot orqali kasallikni yuqtirib olgan. Qolgan 2 nafari Rossiyadan kelgan, karantinga olingan va koronavirus aniqlangach, klinikaga yotqizilgan.

Bemorlarning 6 nafari erkak, 4 nafari ayol; eng yoshi kattasi 49 da bo‘lsa, eng kichigi 2020-yilda tug‘ilgan chaqaloq.

Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy-tekshirish instituti klinikasida tuzalganlarning hammasi erkak; 2 nafari Rossiyadan, 1 nafari Qozog‘istondan kelgan va karantinga olingan. Koronavirus aniqlangach, klinikaga yotqizilgan. Yana biri koronavirus infeksiyasiga chalinganlar bilan muloqot orqali kasallikni yuqtirib olgan.

Hududlar kesimida olinganda bemorlar Toshkent, Namangan, Sirdaryo va Farg‘ona viloyatlarida istiqomat qiladi. Ular orasida eng yoshi kattasi 78 yoshli otaxon, eng kichigi 22 yoshda.

Toshkent shahri va Toshkent viloyatida shu paytga qadar 561 nafar bemor sog‘aygan bo‘lsa, endilikda ularning soni 575 nafarga yetdi.

O‘zbekistonda 2020-yil 10-may soat 16:00 holatiga ko‘ra, COVID-19 koronavirus infeksiyasidan tuzalganlarning umumiy soni 1870 nafarni tashkil qilmoqda. Avvalroq Samarqandda yana 10 kishi koronavirusdan tuzalib, O‘zbekistonda sog‘ayganlar soni 1856 nafarga yetgandi.

O‘zbekistonda 10-may soat 15:00 holatiga ko‘ra, koronavirusga chalinganlar soni 24 kishiga oshib, 2411 nafarni tashkil qilmoqda.

O‘zbekistonda 15-martdan buyon 1870 kishi kasallikdan sog‘aygan, 10 kishi esa infeksiya asoratlari oqibatida vafot etgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-05-2020, 17:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 20) ( 0) ( 17) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют