» » Qaysi avtomobil baquvvatroq ekanligini aniqlash uchun “Gelendvagen” va “UAZ” yo‘ltanlamasi oldma-old to‘qnashtirildi (video)

Qaysi avtomobil baquvvatroq ekanligini aniqlash uchun “Gelendvagen” va “UAZ” yo‘ltanlamasi oldma-old to‘qnashtirildi (video)


“UAZ Xanter” va Mercedes-Benz “Gelendvagen” bir-biriga raqobatchi hisoblanadi. Aslida Rossiya avtomobillari Germaniyakidan kuchliroq ekanligini isbotlashga urinuvchi “UAZ” egalari shunday hisoblaydi, deb yozadi Carakoom.

Bu ikki yo‘ltanlamasni bir necha marotaba solishtirib ko‘rishgan. Sinovlar an’anaviy yo‘llarda, notekis yo‘llarda o‘tkazilgan. Biroq hech kim ularning mustahkamligini sinovdan o‘tkazmagan.

DdKaba YouTube kanali aynan shunday qilishga qaror qildi. Ular ko‘rinishidan ancha yangi “UAZ” va eskigina uch eshikli Mercedes-Benz G-klassini sotib olgan.

So‘ngra ikkala avtomobil ishtirokida oldma-old to‘qnashuv sodir etildi.

To‘qnashuv soatiga 60 kilometr tezlikda yuz berdi. Tashqaridan qaraganda “UAZ” kuchliroq zararlandi. G-klassdan farqli ravishda uning old eshiklari qiyinchilik bilan ochildi. “UAZ”ning tagiga antifriz, Mercedes-Benzning ostiga esa avtomobil moyi oqib ketdi.

Rasmiy natijalar esa quyidagicha: ushbu sinovda kuzovining  mustahkamligi bilan Mercedes-Benz g‘alaba qozondi.

Blogerning o‘zi o‘ylab topgan qoidagi ko‘ra, sinov oxirida mag‘lub avtomobil yo‘q qilinadi. Shuning uchun video so‘nggida “UAZ”ning metallolomga aylanayotganini ko‘rish mumkin.

Mavzuga doir: Video: Jeep Wrangler krash-test vaqtida ikki marta ag‘darilib ketdi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-05-2020, 19:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 78) ( 0) ( 76) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют