» » Foto: Sirdaryodagi falokat oqibatlarini bartaraf etish jarayoni Ikkinchi jahon urushidagi tarixiy kadrni takrorladi

Foto: Sirdaryodagi falokat oqibatlarini bartaraf etish jarayoni Ikkinchi jahon urushidagi tarixiy kadrni takrorladi


Prezident Xalq qabulxonasi Sardoba suv omborida yuz bergan avariya oqibatlarini bartaraf etish jarayonlaridan katta fotoreportaj taqdim etdi. Reportajda falokat oqibatlarini bartaraf qilish ishlariga turli vazirlik va idoralardan 20 mingdan ziyod ishchilar hamda 3,5 mingga yaqin maxsus texnika jalb etilgani aytiladi.

“Sirdaryo viloyatining Oqoltin, Sardoba va Mirzaobod tumanlarida suv toshqinidan zarar ko‘rgan 24 ta mahallada talafot oqibatlarini bartaraf etish ishlari amalga oshirilmoqda”, — deyiladi reportajda.

Fotosuratlarda harbiylar, FVV xodimlari, SEOM xodimlari va boshqa ko‘ngillilar tomonidan suv toshqinidan talafot ko‘rgan hududlarda amalga oshirilayotgan ishlarni ko‘rish mumkin.

Prezident Xalq qabulxonasi reportajni “Sirdaryodagi ‘jang’ maydonlaridan fotoreportaj” deb nomlagan. Suratlar O‘zbekistonda nishonlanadigan Xotira va qadrlash kuni bayrami va dunyoning ko‘plab davlatlarida nishonlanadigan Ikkinchi jahon urushidagi g‘alaba kuni arafasida olingani uchun ham Prezident Xalq qabulxonasi talafot oqibatlarini bartaraf etish jarayonini jangga qiyoslagan bo‘lishi mumkin. Ammo ushbu jarayondagi bir necha harbiyning vayronalarni tozalash vaqtida ustunni ko‘tarayotgan lahzasi haqiqiy jangdagi bir holatni takrorladi.

Gap Ikkinchi jahon urushi vaqtida AQSh va Yaponiya askarlari o‘rtasida Ivodzima oroli uchun kechgan jang haqida ketmoqda. 1945-yil fevral—mart oylarida strategik jihatdan juda muhim hisoblangan Ivodzima oroli uchun kechgan janglarda amerikaliklarning qo‘li baland kelgan. AQSh armiyasi orolning eng yuqori nuqtasi — Suribati tog‘ini egallaganidan so‘ng u yerga AQSh bayrog‘i o‘rnatilgan. Besh nafar dengiz piyoda qo‘shini askari va bir nafar dengiz-harbiy kuchlari sanitari tomonidan bayroqning o‘rnatilishini Associated Press fotojurnalisti Jo Rozental tarixga muhrlagan. Bu surat Ikkinchi jahon urushidagi eng mashhur suratlardan biriga aylangan.

Mana o‘sha surat:

Jo Rozentalning surati asosida Vashington yaqinida AQSh dengiz piyoda korpusi yodgorligi ham o‘rnatilgan. Bayroq o‘rnatish bilan bog‘liq hodisalar Gollivud rejissori Klint Istvudning “Otalarimizning bayrog‘i” (Flags of Our Fathers) filmida ham namoyish etilgan.

Ikkala suratni solishtirsangiz, Sirdaryoda ham, Suribati tog‘i cho‘qqisida ham vayronalar ustidagi harbiylar bir maqsad yo‘lida harakat qilayotganini ko‘rish mumkin. Ushbu suratlar bir-biriga qanchalik o‘xshashiga o‘zingiz baho bering.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-05-2020, 20:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 40) ( 0) ( 38) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют