» » Poyabzal uzoq vaqt xizmat qilsin, desangiz…

Poyabzal uzoq vaqt xizmat qilsin, desangiz…


Poyabzalning yaxshisini sotib olsangiz va tegishlicha choralar ko‘rsangiz uzoq vaqt xizmat qiladi. Lekin qanday choralar ko‘rish kerak? Asosiy qoidalar bilan o‘rtoqlashmoqchimiz.

Oyoq kiyimingizni iloji boricha suv va loyga ko‘p tekkizmaslikka harakat qiling. Albatta buni bizning sharoitimizda amalga oshirish juda qiyin. Lekin baribir bunga e’tibor berish kerak. Ayniqsa bu zamshdan qilingan oyoq kiyimlarga tegishli.

Yana bir muhim qoida: uyda hech bo‘lmasa 2 juft oyoq kiyim bo‘lishi va ularni almashtirib kiyish. Gap shundaki, charmning to‘liq qurishi va avvalgi holiga qaytishi uchun bir kecha yetmaydi. Uzoq vaqt kiyish natijasida poyabzal cho‘zilib ketadi va o‘zining ko‘rkam qiyofasini yo‘qotadi.

Charm poyabzalni qizitilgan va issiq joydan ko‘ra salqinroq joyda quritgan ma’qul. Ayniqsa, uni isitgichlarning yonida yoki ustida, shuningdek quyoshda quritish tavsiya qilinmaydi.

Poyabzallarni saqlashda yaxshisi yog‘och qoliplardan foydalangan ma’qulroq. Bu ularni bukilib qolishdan saqlaydi. Buning uchun g‘ijimlangan gazetalardan foydalansa ham bo‘ladi. Hech qachon yaxshi quritilmagan oyoq kiyimni kiymang: ho‘l charm oson cho‘ziladi va o‘z shaklini yo‘qotadi.

Har mavsum oxirida poyabzallarni yumshoq matoli xaltachalarga solib qutilarga joylashtirganingiz yaxshi. Namyutgichlarni tashlab yubormang. Oyoq kiyimlarni hech qachon  polietilen paketlarda saqlamang.

Manba: “Yepman.ru”

Опубликовано: admin (18-04-2017, 23:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 66) ( 0) ( 65) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют