» » Samarqandda nomusga tegganlik aybini qo‘yish orqali fuqarolardan bir yil davomida pul undirib kelgan shaxs 10 yillik qamoq jazosidan norozi

Samarqandda nomusga tegganlik aybini qo‘yish orqali fuqarolardan bir yil davomida pul undirib kelgan shaxs 10 yillik qamoq jazosidan norozi


Samarqandda tuhmat, tovlamachilik va yolg‘on xabar berishda ayblanib, 10 yildan ortiq muddatga ozodlikdan mahrum qilingan mahkum Sobir Xidirov (barcha ism-shariflar o‘zgartirilgan) kassatsiya tartibida sudga shikoyat qildi. Bu haqda “Daryo”ga Jinoyat ishlari bo‘yicha viloyat sudi sudyasi Bahodir Aliqulov xabar qildi.

Ma’lumot berilishicha, Pastdarg‘om tumani “Kimyogar” mahallasida yashagan mahkum Sobir Xidirov shar’iy nikohdagi turmush o‘rtog‘i, farzandlari va kelini bilan 2017-yilning avgust oyidan 2018-yilning iyun oyigacha oldindan tuzilgan reja asosida birovning nomusiga tegganlik aybini qo‘yish orqali fuqarolarga tahdid qilib kelgan. Uyushgan jinoiy guruhga Pastdarg‘om tumani IIBda profilaktika inspektori lavozimida ishlagan Akmal Murodov rahbarlik qilgan.

“Dastlabki sud majlisida Sobir Xidirovga Jinoyat kodeksining 57-moddasi qo‘llanilib, qonun sanksiyasida nazarda tutilgan ozodlikdan mahrum qilish jazosining eng kam qismidan ham kamroq jazo tayinlash uchun asoslar yetarli bo‘lmagan. Shu bois, sudlov hay’ati mahkumning jazoni yengillashtirishni so‘rab yozgan shikoyatida keltirilgan vajlar sud hukmining Sobir Xidirovga oid qismini o‘zgartirish yoki bekor qilishga asos bo‘lolmasligini hisobga olib, sud hukmining unga oid qismini o‘zgarishsiz qoldirdi”, — deydi sudya Bahodir Aliqulov.

Aniqlanishicha, mahkum Sobir Xidirov ishtirokidagi jinoiy guruh 2018-yil fevral oyida Mavluda va Mavjudani Bobur va Qodir ismli fuqarolar bilan tanishib, ularga jinsiy aloqada bo‘lishni taklif qilishga undagan. Rejaga ko‘ra, Mavluda va Mavjuda yangi tanishlarini Mavluda yashab kelgan xonadonga olib borgan. Ayollar voqea joyiga chaqirilgan Davron Shukurov, Fotima Norova va Sobir Xidirov ko‘z o‘ngida o‘zlarini Bobur va Qodir tomonidan zo‘rlangandek ko‘rsatgan.

Jinoiy guruh rejasiga ko‘ra, voqeadan xabar topgan profilaktika inspektori Akmal Murodov esa bu xabar tuhmatligini bilsa-da, Mavludadan Bobur uni zo‘rlab nomusiga tegganligi haqida ariza yozdirib olgan. Mazkur arizani keyinchalik ro‘yxatdan o‘tkazmasdan, ta’magirlik niyatida tovlamachilik yo‘li bilan mo‘may pul undirishni ko‘zlab, Boburning Matiz rusumli transport vositasi va hujjatlarini garov tariqasida olib qolgan.

Jabrlanuvchilar arizani qaytarib olish, keyinchalik da’vo qilmaslik va yarashib olgani haqida tilxat yozib berish evaziga Bobur va Qodirdan 2000 dollar pul talab qilgan. Hamda 10 million 200 ming so‘m miqdoridagi mablag‘ini tovlamachilik bilan qo‘lga kiritgan.

Profilaktika inspektori Akmal Murodov jinoiy xatti-harakatini davom ettirib, tovlamachilik qurboni bo‘lgan Boburdan jabrlanuvchilarning da’vosi yo‘qligi haqidagi tilxat nusxasini berib, 250 ming so‘m pul oladi.

Bundan tashqari uyushgan jinoiy guruh fuqaro Jasur va Husniddin ismli shaxslardan 3 million so‘m, fuqaro Marat va O‘raldan bir million so‘m, Nosir, Ilyos va Muroddan 550 dollar pul mablag‘larini tovlamachilik yo‘li bilan qo‘lga kiritgan.

Shuningdek, Akmal Murodov hamtovoqlari bilan kelishib, fuqaro Izzat va Botirdan mobil telefonda tasvirga olingan videoni o‘chirib tashlash evaziga 20 million so‘m pul talab qilib, Izzatdan 14 million so‘m olgan.

2018-yil 17-iyun kuni jinoiy guruh a’zosi Sobir Xidirov fuqaro Imron va Bilol ismli shaxslardan o‘zi suratga olgan videolavhani tarqatib yuborish bilan qo‘rqitib, uni o‘chirib tashlash evaziga 500 dollar pul talab qilgan va pulning 300 dollarini olayotgan vaqtda Samarqand viloyat IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi va viloyat IIB JQB xodimlari tomonidan qo‘lga olingan.

Eslatib o‘tamiz, Pastdarg‘omda fohishalarga ko‘maklashgan profilaktika inspektori Akmal Murodov Jinoyat kodeksining 139-moddasi 3-qismi “a,g” bandlari, 165-moddasi 3-qismi “v” bandi va 237-moddasi 2-qismi “b,v” bandlari bilan aybli deb topilib 2 yil muddatga muayyan huquqdan, ya’ni ichki ishlar tizimi hamda korxona, muassasa va tashkilotlarda moddiy hamda mansabdorlik lavozimlarida ishlash huquqidan mahrum qilinib, 11 yil 6 oy muddatga, Sobir Xidirov esa 10 yil 1 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilingandi.

Mavzuga doir: 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-05-2020, 23:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 93) ( 0) ( 91) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют