» » Toshkent shahar hokimligi “Qanotchi” restorani tajriba tariqasida ishga tushirilganini bildirdi

Toshkent shahar hokimligi “Qanotchi” restorani tajriba tariqasida ishga tushirilganini bildirdi


Toshkent shahar hokimligi poytaxtda karantin cheklovlari hali to‘liq olib tashlanmaganiga qaramay umumiy ovqatlanish sohasida “Qanotchi” restorani tomonidan yetkazib berish xizmatidan tashqari mijozlarga bevosita xizmat ko‘rsatish, ya’ni odamlarning restoranga kelib ovqatlanishi holatlari kuzatilganligi yuzasidan rasmiy izoh berdi.

“Ushbu tajriba Toshkentda ovqatlanish maskanlari bosqichma-bosqich ochilishi uchun chora-tadbirlar tartibini ishlab chiqish uchun zarur edi. Ayni vaqtda eksperiment yakuniga yetgan, restoran yopilgan”, – deyiladi xabarda.

Shuningdek, xabarda SEOM, IIBB va Toshkent shahar hokimligining umumiy xulosasiga asosan shahar umumiy ovqatlanish maskanlarining ochilishi uchun choralar rejasi hamda reglamenti ishlab chiqilishi ta’kidlangan.

Eksperiment doirasida “Qanotchi” restorani ma’muriyati o‘z hisobidan ovqatlanish zalini SEOM me’yorlari asosida jihozlab, dezinfeksiya ishlarini amalga oshirgan va mehmonlarni zalda joylashtirish, ularga xizmat ko‘rsatish va kiritish bo‘yicha barcha belgilangan choralar ishlab chiqilgan.

“Batafsil foto va videohisobot maxsus komissiyaga qaror qabul qilish uchun taqdim qilinib, u asosida umumiy ovqatlanish maskanlarini ishga tushirish tartibi belgilanadi.

Restoranning odatiy tartibda ishga tushgani haqida ommaga taqdim qilingan ma’lumot yuzasidan esa noto‘g‘ri axborot tarqatib poytaxt aholisiga yanglish ma’lumot berishda aybdorlar qonunchilikda belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladi”, – deyiladi xabarda.

6-mayda e’lon qilingan Respublika maxsus komissiyasining karantin cheklovlarini bosqichma-bosqich yumshatish bo‘yicha axborotida karantin cheklovlari 2020-yil 8-mayidan boshlab uchta toifaga (qizil, sariq va yashil) kiruvchi hududlarga ajratilib, bosqichma-bosqich bekor qilib borilishi belgilangan. Umumiy ovqatlanish yo‘nalishidagi obyektlarning mijozlarga bevosita xizmat ko‘rsatishiga ruxsat berish uchala toifadagi hududlarga ham tatbiq etilmagan. “Qanotchi” restorani komissiya qarori bilan “sariq” hududga kiruvchi Toshkent shahrining “sariq” hududi Yakkasaroy tumanida joylashgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (11-05-2020, 07:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 57) ( 0) ( 54) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют