» » “Real” hujumchisi Luka Yovichning qancha muddatga safdan chiqqanligi ma’lum bo‘ldi

“Real” hujumchisi Luka Yovichning qancha muddatga safdan chiqqanligi ma’lum bo‘ldi


Madridning “Real” klubi hujumchisi Luka Yovich jarohat sabab yaqin uch oy mobaynida jamoasiga yordam bera olmaydi, deb xabar bermoqda Onda Cero.

Avvalroq serbiyalik futbolchining Madriddagi uyida mashg‘ulot o‘tkazayotgan vaqtda jarohat olgani xabar qilingandi. Unga o‘ng oyoq tovon suyagining yorilishi tashxisi qo‘yilgan. Futbolchining sog‘ayib ketishi uchun uch oy muddat kerak bo‘lishi aytilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, futbolchi koronavirus pandemiyasi vaqtida Ispaniyada qolishni istamay, Serbiyaga ketib qolgandi. Shundan so‘ng “Real” hujumchi bilan xayrlashishni xohlayotgani haqida xabarlar paydo bo‘ldi.

Ma’lumot uchun, Yovich 2019-yil yozida Germaniyaning “Ayntraxt F” klubidan 60 million yevro evaziga “Real”ga o‘tgandi. 23 yoshli futbolchi joriy mavsum “Real” safida 24 ta o‘yinda qatnashib, ikkita gol urdi va ikkita golli uzatmani amalga oshirdi.

Mavzuga doir: 

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (11-05-2020, 11:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 68) ( 0) ( 67) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют