» » Qozog‘istonda koronavirusga chalinganlar soni 5126 kishiga yetdi

Qozog‘istonda koronavirusga chalinganlar soni 5126 kishiga yetdi


Qozog‘istonda koronavirus bilan kasallanish bo‘yicha yana 63 ta holat qayd etildi, deb xabar beradi Tengrinews.

Qozog‘iston poytaxtidan tashqari quyidagi hududlarda ham kasallar aniqlangan:

Butun mamlakat bo‘ylab COVID-19 koronavirus infeksiyasi bilan kasallanganlar soni 5126 kishiga yetdi, 1941 nafar bemor sog‘ayishga muvaffaq bo‘lgan. Hozirga qadar 31 bemor COVID-19 qurboniga aylangan. Respublikaning quyida viloyatlarida koronavirus bilan kasallanish holatlari qayd etilgan:

Eslatib o‘tamiz, Qozog‘istonda favqulodda holat rejimi 11-maygacha uzaytirilgan. Shu sababli aholiga ketma-ket ikkinchi oy salkam 100 dollardan yordam puli tarqatilgan. 20-apreldan boshlab Nur-Sulton va Olmaotada karantin rejimi yengillashtirilgan, sanoat korxonalari, qurilish sohasi va ayrim xizmat ko‘rsatish tarmoqlari o‘z faoliyatini qayta yo‘lga qo‘ygan.

O‘zbekistonda esa 11-may soat 10:00 holatiga ko‘ra, koronavirusga chalinganlar soni 2453 nafarga yetdi. Mamlakatda koronavirus infeksiyasi ilk bor qayd etilgan 15-martdan buyon 1881 kishi kasallikdan sog‘aydi, 10 kishi esa infeksiya asoratlari oqibatida vafot etgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (11-05-2020, 12:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 56) ( 0) ( 55) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют