» » Dunyoning ko‘plab shaharlari koronavirus sabab transport tizimini velosipedlarga moslashtirishni boshladi

Dunyoning ko‘plab shaharlari koronavirus sabab transport tizimini velosipedlarga moslashtirishni boshladi


Dunyoning ko‘plab davlatlari piyodalar va velosipedchilar uchun ko‘proq joy ajratish maqsadida o‘z transport tizimini qayta qurishni boshladi, deb xabar beradi “Korrespondent.net”.

Buyuk Britaniya hukumati velosipedchilar va piyoda sayr qiluvchilar uchun infratuzilmani yaxshilash uchun 2,5 milliard dollar ajratishga va’da bergan.

Parijda esa velosipedchilar uchun 650 kilometr yo‘l quriladi. Il-de-Frans mazkur loyiha uchun 300 million yevro ajratishga tayyor.

Italiyaning Milan shahrida esa velosiped yo‘laklari qurilib, yo‘llar kengaytirilmoqda. Avtomobillar uchun esa 30 km/soat cheklovchi tezlik chegarasi joriy etiladi.

Nyu-York ko‘chalarining 75 kilometri piyoda va velosiped haydovchilar uchun ajratiladigan bo‘ldi.

Berlinda qo‘shimcha velosiped yo‘laklari ajratilganidan so‘ng, Germaniyaning 133 shahri aholisi xuddi shu kabi o‘zgartirish kiritish uchun ariza topshirgan.

Kolumbiya poytaxtida esa mart oylarining o‘rtasida qariyb 120 kilometrga teng velosiped yo‘nalishlari ochilgan edi.

Shaharlar ma’muriyatining hisoblashicha, velosiped ijtimoiy masofalanishni saqlashga xizmat qiladigan samarali vositalardan biri hisoblanadi, shuningdek, u yo‘llarda avtomobil tirbandliklarining yuzaga kelmasligiga xizmat qiladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (11-05-2020, 12:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 80) ( 0) ( 79) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют