» » Erdo‘g‘on: Referendum meni abadiy hukmdor qilib qo‘ymaydi, men ham o‘laman

Erdo‘g‘on: Referendum meni abadiy hukmdor qilib qo‘ymaydi, men ham o‘laman


Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on mamlakatda bo‘lib o‘tgan referendum uni abadiy hukmdorlar bilan bir qatorga qo‘yib qo‘ymasligini ma’lum qildi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.

“Men aslida bir bandaman, istalgan vaqtda o‘lim topishim mumkin”, — dedi Erdo‘g‘on CNN telekanaliga bergan intervyusi davomida. Prezident Anqaradagi o‘z qarorgohida jurnalistlarning savollariga javob qaytargan.

Erdo‘g‘on referendum natijasida taqdim etilgan keng vakolatlardan shaxsiy maqsadlarda foydalanishi haqidagi gumonlarni rad etdi.

“Turkiyaning demokratik tarixida tizim o‘zgarmoqda, transformatsiyaga uchramoqda… Diktatura mavjud joyda, prezidentlik tizimiga hojat yo‘q”, — deya qo‘shimcha qildi Erdo‘g‘on.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (18-04-2017, 23:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 88) ( 0) ( 86) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют