» » Janubiy Koreya O‘zbekistonga navbatdagi insonparvarlik yordamini jo‘natdi

Janubiy Koreya O‘zbekistonga navbatdagi insonparvarlik yordamini jo‘natdi


10-may kuni Koronavirus infeksiyasiga qarshi kurash, shuningdek, uning mamlakatda tarqalishining oldini olishga qaratilgan xalqaro hamkorlik doirasida Uzbekistan Airways’ga tegishli reys bilan Janubiy Koreyadan insonparvarlik yordamining navbatdagi qismi olib kelindi, deb xabar beradi “Dunyo” agentligi.

Qiymati 192 ming dollarga yaqin yukning ichidan avtomatik mexanizmga ega ko‘p funksiyali tibbiyot karavotlari, antiseptik va dezinfeksiyalovchi vositalar, tibbiy niqoblar va immunitetni mustahkamlovchi ozuqaviy qo‘shimchalar o‘rin olgan.

Ta’kidlash kerakki, aprel oyining oxirlarida Janubiy Koreyadan qiymati qariyb 1 million dollarga teng insonparvarlik yordami olib kelingan edi.

Insonparvarlik yordami Janubiy Koreyaning BOMI Engineering, LH Corporation, Evergreen Motors Infinity Co. kompaniyalari, Shinxan universiteti, shuningdek, Janubiy Koreyada o‘qiyotgan va vaqtincha ishalayotgan yurtdoshlar ko‘magida shakllantirilgan.

Eslatib o‘tamiz, dunyoda koronavirus tarqalishiga qarshi kurash boshlanganidan buyon O‘zbekiston Xitoyga, Eronga, Afg‘onistonga, Qirg‘izistonga, Tojikistonga, Belarusga, Ozarbayjonga, Vengriya, Tojikistonga insonparvarlik yordamini jo‘natdi. O‘z navbatida O‘zbekiston mazkur pandemiyaga qarshi kurashish uchun Xitoy, BAA va AQShdan yordam oldi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (11-05-2020, 12:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 76) ( 0) ( 75) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют