» » Ganada koronavirusga chalingan bir kishi baliq zavodining 533 nafar ishchisiga virus yuqtirdi

Ganada koronavirusga chalingan bir kishi baliq zavodining 533 nafar ishchisiga virus yuqtirdi


G‘arbiy Afrikaning janubida joylashgan Tema port shahrida koronavirusga chalingan bir kishi baliqni qayta ishlash bilan shug‘ullanuvchi korxonaning 533 ishchisiga virus yuqtirdi. “RIA Novosti”ning xabar berishicha, bu haqda mamlakat prezidenti Nana Akufa-Addo ma’lum qilgan.

“Ta’kidlash lozimki, chorshanbadan payshanbaga o‘tar kechasi qayd etilgan 921 ta yangi kasallanish holatlarining 533 tasi Temadagi baliqni qayta ishlash bilan shug‘ullanuvchi korxona ishchilaridir. Barcha 533 nafarini 1 kishi zararlagan”, — degan davlat rahbari xalqqa qarata murojaatida. Murojaat matni prezident saytida e’lon qilingan.

Gana rahbari ommaviy tadbirlarni taqiqlashni may oyi oxirigacha uzaytirdi va ta’lim muassasalarining yopilishini aytdi. U, shuningdek, zarur gigiyena choralariga amal qilish va ijtimoiy masofa saqlashni davom ettirishga chaqirdi.

Prezident keltirgan so‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Ganada umumiy hisobda 4 700 kishi koronavirusga chalingan, ularning 494 nafari sog‘aygan, 22 nafari vafot etgan.

Tibbiyot xodimlari koronavirusni aniqlash bo‘yicha 160 501 ta test o‘tkazgan. Bu Afrikada o‘tkazilgan test bo‘yicha eng ko‘p ko‘rsatkichdir.

Gana prezidenti cheklovlar aholining nochor qatlamini qiyin ahvolga solib qo‘ygani va mamlakat iqtisodiyotiga salbiy ta’sir ko‘rsatgani tufayli 19-aprel kuni mamlakat poytaxti Akkra va yirik shahar bo‘lgan Kumasi shahrida izolyatsiya rejimini bekor qilgandi.

Mavzuga doir: 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (11-05-2020, 14:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 91) ( 0) ( 90) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют