» » Jastin Getji: Habib Nurmagomedov bilan jang qilishni xohlayman

Jastin Getji: Habib Nurmagomedov bilan jang qilishni xohlayman


UFC 249 musobaqasida Toni Fergyusonni nokautga uchratgan g‘alabani qo‘lga kiritgan Jastin Getji yengil vaznning mutlaq chempioni Habib Nurmagomedovni jangga chorladi.

“Fergyuson — haqiqiy yirtqich. Uning o‘rnida bo‘lib qolmaslikni va bunchalik ko‘p zarba o‘tkazishni xohlamasdim. Habib? Ha, men u bilan jang qilishni xohlayman. Bu men xohlaydigan yagona jang”, — deydi Getji.

Eslatib o‘tamiz, Getji Fergyusonga qarshi jang orqali UFC’ning yengil vazndagi vaqtinchalik chempion maqomini qo‘lga kiritdi. Endi sportchi Habibga qarshi bemalol jang qilish imkoniyatiga ega.

Ma’lumot uchun, Jastin Getji MMA’dagi faoliyati davomida 24 ta jang o‘tkazib, ularning 22 tasida g‘alaba qozongan. Ikkita jangda esa mag‘lubiyatga uchragan.

Mavzuga doir:

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (11-05-2020, 14:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 99) ( 0) ( 98) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют