» » “Farhod avtomobil bozori” ichidagi barcha xodimlari bilan yopildi: tadbirkorlarning birida yuqori tana harorati kuzatilgan

“Farhod avtomobil bozori” ichidagi barcha xodimlari bilan yopildi: tadbirkorlarning birida yuqori tana harorati kuzatilgan


Bugun, 11-may kuni soat 09:00 larda poytaxtning Uchtepa tumanidagi joylashgan “Farhod avtomobil bozori”da sanitariya-epidemiologiya nazorati xodimlari tana harorati ko‘tarilgan tadbirkorni aniqladi, deb xabar beradi Repost.

Ta’kidlanishicha, bozor yopilgan, bozor ichidagi boshqa tadbirkorlarga esa vaqtincha tashqariga chiqish taqiqlab qo‘yilgan. Huquq-tartibot organi xodimlari sodir bo‘layotgan voqealarni surat va videoga olishni man etgan.

Manbalarning so‘zlariga ko‘ra, avtomobil ehtiyot qismlari bozori yopiq qoladi, ichkarida qolgan tadbirkorlar uchun maxsus avtobus tashkillashtirish va’da qilingan.

Uchtepa tuman hokimligi matbuot xizmati bozor tadbirkorlardan birida yuqori tana harorati aniqlangani sabab yopilgani to‘g‘risidagi xabarlarni rad etib, mazkur savdo qatorlarida “Sanitariya kuni” e’lon qilganini bildirgan. Ayni paytda do‘konlarda Sanitariya talablari va qoidalarida belgilangan standartlarga muvofiq ishlar olib borilmoqda.

“Tegishli ishlar amalga oshirilganidan so‘ng, avtomobil ehtiyot qismlari do‘koni qayta ish boshlaydi”, — deyiladi hokimlik xabarida.

Avvalroq xalqaro yo‘nalishlarda yuk tashuvchi namanganlik 5 nafar haydovchida koronavirus infeksiyasi aniqlangani haqida xabar berilgandi.

Mavzuga doir: O‘zbekistonda “qizil”, “sariq” va “yashil” toifaga ajratilgan tuman va shaharlar ro‘yxati e’lon qilindi

O‘zbekistonda 11-may soat 10:00 holatiga ko‘ra, koronavirusga chalinganlar soni 2453 nafarga yetdi. Mamlakatda koronavirus infeksiyasi ilk bor qayd etilgan 15-martdan buyon 1881 kishi kasallikdan sog‘aydi, 10 kishi esa infeksiya asoratlari oqibatida vafot etgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (11-05-2020, 14:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 100) ( 0) ( 99) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют