» » O‘zbekistonda yana 64 kishi koronavirusdan tuzalib, sog‘ayganlar soni 1945 nafarga yetdi

O‘zbekistonda yana 64 kishi koronavirusdan tuzalib, sog‘ayganlar soni 1945 nafarga yetdi


Namanganda 16, Buxoroda 23, Samarqandda 14 va Farg‘onada 11 kishi, jami 64 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan bemor sog‘aydi va reabilitatsiyaga kuzatildi, deb xabar berdi Sog‘liqni saqlash vazirligi.

Namangan viloyatida tuzalganlarning barchasi viloyatning o‘zidan (8 nafari Namangan shahridan, 6 nafari Uychi tumanadan, Norin va Namangan tumanlaridan 1 nafardan) bo‘lib, koronavirus infeksiyasiga chalinganlar bilan muloqot orqali kasallikni yuqtirib olgan. Ularning 3 nafari erkak, 13 nafari ayollar bo‘lib, eng yoshi kattasi 58 yoshda, yoshi kichigi esa 3 yoshli qizaloq ekani aytildi.

Viloyatda shu paytga qadar 179 nafar bemor sog‘aygan bo‘lsa, endilikda ular 195 nafarga yetdi.

Buxoro viloyatida shifo topganlarning 15 nafari Rossiyadan charter reys bilan Buxoroga olib kelingan va karantinga olingan. Koronavirus infeksiyasi tasdiqlangach, shifoxonaga joylashtirilgan. Qolgan 8 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqot orqali kasallikni yuqtirib olgan.

Hududlar kesimida olinsa, Buxoro viloyatidan 9 nafar, Qashqadaryo viloyati va Toshkent shahridan 3 nafardan, Samarqand va Andijon viloyatlaridan 2 nafardan, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent, Farg‘ona va Namangan viloyatlaridan 1 nafardan. Ularning 13 nafari erkak, 10 nafari ayol bo‘lib, eng yoshi kattasi 50 yoshda bo‘lsa, eng yoshi kichigi 20 yosh ekani ma’lum qilindi.

Buxoro viloyati bo‘yicha shu paytga qadar 404 nafar bemor sog‘aygan bo‘lsa, endilikda ular 427 nafarga yetib, davolanayotgan bemorlar 13 nafarni tashkil etmoqda. Ushbu viloyat koronavirusdan holi hudud maqomini olishga juda yaqin turibdi.

Samarqandda tuzalganlarning barchasi ushbu viloyatdan (9 nafari Toyloq tumanidan, 3 nafari Samarqand shahridan va 2 nafari Oqdaryo tumanidan) bo‘lib, barchasi koronavirusga chalinganlar bilan muloqot orqali kasallikni yuqtirib olishgan. Bemorlarning 8 nafari erkak, 6 nafari ayol bo‘lib, ular orasida eng yoshi kattasi 70 yoshda bo‘lsa, eng yoshi kichigi 8 yoshda ekani aytildi.

Ayni paytga qadar ushbu viloyatda 80 nafar bemor tuzalgan bo‘lsa, endilikda ular 94 nafarga yetdi.

Farg‘onada tuzalganlarning ham barchasi ushbu viloyatdan (5 nafari Oltiariq tumanidan, 4 nafari Quva tumanidan, Marg‘ilon shahri va Rishton tumanidan 1 nafardan) bo‘lib, ulardan 3 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqot orqali kasallikni yuqtirib olgan. Qolgan 8 nafari Rossiyadan kelgan va karantinga olingan. Infeksiya aniqlangach, shifoxonaga yotqizilgan. Bemorlarning barchasi erkak bo‘lib, ular orasida eng yoshi kattasi 45 yoshda bo‘lsa, eng yoshi kichigi 28 yoshda ekani ma’lum.

Viloyatda shu paytga qadar 139 nafar bemor tuzalgan bo‘lsa, endilikda ular 150 nafarga yetdi. Ta’kidlanishicha, hozirgacha ushbu hududda 158 ta holatda koronavirus qayd etilgan bo‘lsa, bir nafar vafot etgan bemordan tashqari, ayni paytda 7 nafar bemor davolanmoqda. Shunday qilib, ushbu viloyat ham koronavirusdan holi hudud maqomini olishga juda yaqin turibdi.

Umumiy hisobda 11-may soat 13:45 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasidan sog‘ayganlar soni 1945 nafarni tashkil etmoqda. Kasallanganlar soni esa 35 kishiga ko‘payib, soat 10:00 holatiga ko‘ra 2453 nafarga yetdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (11-05-2020, 15:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 71) ( 0) ( 69) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют