» » Viktor Kumikov “Andijon” futbol klubi bosh murabbiyi etib tayinlandi

Viktor Kumikov “Andijon” futbol klubi bosh murabbiyi etib tayinlandi


O‘zbekistonlik muxlislarga yaxshi tanish bo‘lgan rossiyalik mutaxassis Viktor Kumikov “Andijon” klubi bosh murabbiyiga aylandi. Bu haqida klub matbuot xizmati xabar bermoqda.

Ta’kidlanishicha, “Andijon” futbol klubi rahbariyatining rossiyalik mutaxassis bilan muzokaralari ijobiy yakunlangan va u bosh murabbiy etib tayinlangan. Qayd etish joiz, Kumikov Superliga 3-turidan so‘ng iste’foga chiqarilgan Aleksandr Xomyakov o‘rnini egallagan.

57 yoshli Kumikovning so‘nggi jamoasi Qozog‘istonning “Atirau” klubi bo‘lgan edi. Viktor Kumikov faoliyati mobaynida ikki marta Qozog‘iston chempioni, bir marta mamlakat Kubogi va Superkubok sohibi bo‘lgan va uch marotaba mamlakatning eng yaxshi murabbiyi bo‘lgan.

Ma’lumot uchun, Kumikov O‘zbekistonda “Mash’al” (2006—2007), “Nasaf” (2008—2010), OKMK (2016—2018) klublarida faoliyat olib borgan. U “Mash’al” bilan O‘zbekiston Kubogi (2006) finaliga chiqqan. “Nasaf” bilan esa ikki bor O‘zbekiston chempionati bronza medaliga (2009, 2010) sazovor bo‘lgan.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (11-05-2020, 15:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 87) ( 0) ( 85) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют