» » O‘zbekistonning ayrim hududlarida yana kuchli shamol esib, yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda

O‘zbekistonning ayrim hududlarida yana kuchli shamol esib, yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda


“O‘zgidromet” xabariga ko‘ra, bugun, 11-may kuni respublika hududiga Turkmanistondan quruq va nam havo oqimi chiqishi natijasida O‘zbekiston hududining katta qismida ob-havo quruq va kam bulutli bo‘ladi. Kunduzi havo harorati 28-33 darajagacha ko‘tariladi.

Faqat O‘zbekistonning shimoli-g‘arbiy tumanlariga Kaspiy dengizi hududidan nam havo kirishni boshlaydi.

11-may kechga borib va 12-mayda Qoraqalpog‘istonda va Xorazm viloyatida, 12-may kunning ikkinchi yarmida Buxoro va Navoiy viloyatlarida yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi, shamolning tezligi sekundiga 15-20 metr/sekundga kuchayishi mumkin, shamol shiddat bilan esganda uning tezligi 23-28 metrgacha yetadi. Respublikaning qolgan hududida ob-havo yog‘ingarchiliksiz bo‘ladi. Harorat 27-32 darajani tashkil qiladi.

13—14-may kunlari nam havo oqimi butun O‘zbekiston hududiga tarqaladi. Respublika bo‘yicha ayrim joylarga yomg‘ir, kuchli yomg‘ir yog‘ishi va momaqaldiroq bo‘lishi kutilmoqda. Shamolning tezligi sekundiga 15-20 metrgacha, shiddat bilan esganda 23-28 metrgacha kuchayishi mumkin.

13-mayda faqat Farg‘ona vodiysi viloyatlarida ob-havo yog‘ingarchiliksiz bo‘ladi. 14-mayda Buxoro va Navoiy viloyatlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi.

Kavkaz hududidan kelayotgan sovuq front o‘tishi natijasida 13—14-may kunlari respublika hududining katta qismida havo haroratining 18-23 darajagacha pasayishi kutilmoqda. Qayd etilishicha, bu may oyi uchun xos bo‘lgan me’yoriy haroratdan 8-10 darajaga pastdir.

15-may kuni O‘zbekiston hududida ob-havo asosan yog‘ingarchiliksiz bo‘ladi. Kunduzgi harorat 3-5 darajaga ko‘tariladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (11-05-2020, 15:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 74) ( 0) ( 73) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют