» » Singapurlik olimlar koronavirus tugashi bo‘yicha prognozlarini bekor qilib, barcha ma’lumotlarni o‘chirib tashladi

Singapurlik olimlar koronavirus tugashi bo‘yicha prognozlarini bekor qilib, barcha ma’lumotlarni o‘chirib tashladi


Singapur universiteti olimlari aprel oyida COVID-19 koronavirusi epidemiyasining turli mamlakatlarda qachon yakuniga yetishi borasidagi taxminiy sanalarni e’lon qilgandi. “RIA Novosti”ning xabar berishicha, vaziyat tez o‘zgarayotgani tufayli ular bu boradagi barcha prognozlarini bekor qildi va saytdagi grafikalarni o‘chirib tashladi.

Uning o‘rniga boshqa tadqiqot markazlarining modellarini ko‘rish tavsiya etilgan bo‘lib, shunday markazlarning bir nechtasiga havolalar berilgan.

Olimlar 131 ta davlat bo‘yicha ma’lumotlarni o‘rganib chiqqandi. Tadqiqotchilar prognozlashda infeksiya bilan kasallanishga moyil odamlar soni, bemorlar soni va kasallikdan tuzalganlar soni, shuningdek, ijtimoiy muloqotlar intensivligi hisobga olingan SIR-matematik modelidan foydalangan.

Xususan, O‘zbekistonda epidemiya 24-may kuni, Qozog‘istonda 2-avgust kuni va Qirg‘izistonda 6-iyun kuni tugashi prognoz qilingandi. 3-may kuni taqdim etilgan navbatdagi prognozda esa bu davlatlar bo‘yicha ma’lumotlar berilmagan.

Rossiyada esa koronavirus epidemiyasi avgust oyida tugashi prognoz qilingan. Dmitriy Peskov epidemiya tugashining aniq sanasini oldindan aytib bo‘lmasligini ta’kidlab, “Agar singapurlik olimlarda bu borada boshqacha fikr bo‘lsa, ularga qo‘ng‘iroq qilib so‘rashni maslahat beramiz”, deb aytgandi.

Tadqiqot mualliflari ushbu modelning faqat nazariy va ilmiy maqsadlarda o‘ylab chiqilganini bildirgan va ma’lumotni o‘qiyotgan foydalanuvchilardan hissiyotga berilmaslik va karantin bekor qilinishiga ishonib qolmaslikni ta’kidlagandi.

Eslatib o‘tamiz, dunyo bo‘ylab koronavirusga chalinganlar soni 4 million kishidan oshib ketdi. Jumladan, Janubiy Koreyada bir oylik pasayishlardan so‘ng koronavirusga chalinganlar soni keskin oshdi. Uxanda ham koronavirusga chalinganlar qolmagani aytilganidan 2 hafta o‘tib yana kasallanish holati qayd etildi. Rossiyada ketma-ket 8 kundan buyon kunlik kasallanishlar soni 10 ming kishidan oshmoqda. O‘zbekistonda esa koronavirusga chalinganlar soni 11-may kuni 35 kishiga ko‘payib, 2453 nafarga yetdi.

Mavzuga doir: Olimlar koronavirusning ikkinchi, hatto uchinchi to‘lqini bo‘lishi mumkinligidan ogohlantirdi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (11-05-2020, 15:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 96) ( 0) ( 94) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют